Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kamida 100 ta AI loyiha joriy etiladi, 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi
Prezidentning 2025 yil 22 oktyabrdagi PF–189-son farmoniga muvofiq, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilab qo‘yildi: 2026 yil oxirigacha kamida 100 ta loyiha amalga oshiriladi, 2030 yilgacha esa 1 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etiladi.
“Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF–189) qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, davlat boshqaruvi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida AI yechimlarini joriy etish sur’atlari keskin oshiriladi.
Asosiy maqsad va ko‘rsatkichlar:
- loyihalar masshtabi: 2026 yil yakuniga qadar kamida 100 ta sun’iy intellekt loyihasini amalga oshirish;
- Investitsiyalar: 2030 yil yakuniga qadar AI infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etish;
- ta’lim-ilmiy baza: 2026 yil oxirigacha mamlakat OTMlarida 15 ta AI laboratoriyasini ishga tushirish;
2025 yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishidagi loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni jamlaydigan ai.gov.uz milliy portali ishga tushiriladi.
2026 yil 1 yanvardan yoshlar orasida prezident sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.
Shundan boshlab davlat organlari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan jamiyatlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining raqamli transformatsiyasini baholashda AI texnologiyalarini joriy etish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
Reyting natijalari asosida 2026 yil 1 martdan boshlab yiliga ikki marta AI yechimlarini samarali joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi tashkil etiladi.
Hujjatdan ko‘zlangan maqsad — AI orqali boshqaruv samaradorligini oshirish, tarmoqlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlash va inson kapitalini rivojlantirishdir.
Mavzuga oid
11:55
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
11:30 / 10.06.2026