Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Belarusga chegara keyingi ogohlantirishgacha yopilgani haqida ma’lum qildi
Litva Tashqi ishlar vazirligi bu Boltiq davlati havo hududining «doimiy ravishda buzilishi» munosabati bilan Belarusga qat’iy norozilik bildirdi va umumiy chegara rasmiy ravishda keyingi ogohlantirishga qadar yopilayotganini e’lon qildi. Minsk esa Vilnyusni «aholi manfaatlariga qarshi harakatlar»da aybladi.
Foto: AP
Litva Belarusga nisbatan «keskin norozilik»ni yana bir bor bildirdi, deb xabar qildi Litva TIV dushanba, 27 oktyabr kechqurun. «Litva Belarus davlat organlarining atayin hech qanday chora ko‘rmasligini gibrid hujum deb hisoblaydi va davlat chegarasini keyingi ogohlantirishga qadar yopadi», — deyiladi vazirlikning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Bundan oldin Litva bosh vaziri Inga Ruginene hukumat meteozondlarning havo hududiga hujumlari davom etayotgani sharoitida Belarus bilan chegarani noma’lum muddatga yopishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, Litva harbiylari «havo sharlarini urib tushirish uchun kinetik choralarni faol qo‘llay boshlaydi».
Ruginene, shuningdek, Litva TIVga Belarusga nisbatan qo‘shimcha YeI sanksiyalarini joriy etishga erishish hamda Polsha va Latviya bilan keyingi choralarni muhokama qilish vazifasini qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyusdagi hukumat NATOga Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasiga muvofiq xavfsizlik masalalari yuzasidan maslahatlashuvlar uchun murojaat etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Litvaning Minskdagi muvaqqat ishlar vakili Erikas Vilkanetsas 27 oktyabr kuni Belarus TIVga chaqirildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, unga Vilnyusning hech qanday oldindan ogohlantirishsiz umumiy chegarani «bir tomonlama yopish» qarori munosabati bilan nota topshirildi. Minsk bu qarorni «aholi manfaatlariga qarshi harakat» deb baholadi.
«Qaror nafaqat Belarus, balki Litva fuqarolari, shuningdek Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar fuqarolarining huquqlariga ham taalluqli bo‘lib, Vilnyusning erkin harakatlanishning asosiy tamoyillariga qanchalik bepisand qarashini yaqqol ko‘rsatadi», — deb xabar qildi Belarus TIV.
Litva Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon mamlakat havo hududiga Belarus tomonidan kelib tushayotgan havo sharlari — meteozondlar — bo‘yicha yarim mingga yaqin holat qayd etilgan. Ular chegarada sigaret kontrabandasi uchun qo‘llanadi.
So‘nggi haftalarda meteozondlar bevosita Vilnyus xalqaro aeroportigacha yaqinlashdi, shu sabab u bir necha bor parvozlarga cheklovlar kiritdi. Shuningdek, shunga o‘xshash holatlar tufayli oxirgi kunlarda Kaunas aeroporti ham vaqtincha yopildi.
26 oktyabr kuni Litva prezidenti Gitanas Nauseda Kaliningrad viloyatiga tranzitni cheklash va kontrabandachilarning aerostatlari muntazam ravishda mamlakat havo hududiga kirib qolayotgani munosabati bilan Belarus bilan chegarani uzoq muddatga yopishni taklif etdi. Shubhali sigareta kontrabandasi uchun qo‘llanayotgan bunday havo sharlari Latviya va Polsha chegarachilari tomonidan ham aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 03.12.2025
Litva 2026 yilda armiyaga 5 ming kishini chaqirishni rejalashtirmoqda
14:58 / 02.12.2025
YeI Litvaga qarshi gibrid hujumlar sabab Belarusga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
14:47 / 02.12.2025
Wise Rossiya va Belarus fuqarolarining kartalarini YeI sanksiyalari asosida blokladi
12:33 / 01.12.2025