Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy aviakompaniyalar samolyotlari soni 180 taga yetkaziladi
2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish choralari belgilandi.
«Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 millionga yetkazish;
- xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
- O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab «O‘zaviatsiya» agentligini saqlash uchun Davlat budjetidan ajratmalar bekor qilinadi.
2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026