Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu G‘azo sektoriga «kuchli zarbalar» berishni buyurdi
Isroil HAMAS tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi «bir necha bor buzildi», deb hisoblamoqda. Ushbu qadam bilan 2025 yil 10 oktyabrda o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kamida vaqtincha to‘xtatilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Abdel Kareem Hana/AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu harbiylar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng HAMAS tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi «bir necha bor buzilishiga javoban» G‘azo sektoriga yangi zarbalar berishni buyurdi.
«Xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunlangach, bosh vazir Netanyahu harbiy rahbariyatga zudlik bilan G‘azo sektoriga kuchli zarbalar berishni buyurdi», deyiladi xabarda.
Reuters xabariga ko‘ra, buyruq HAMAS go‘yoki o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzganidan keyin berilgan, masalan, garovga olinganning qaytarilgan jasadi boshqa odamniki bo‘lib chiqqan. Buyruqda hujumlar darhol boshlanishi va «kuchli» bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.
Ushbu qadam bilan 2025 yil 10 oktyabrda o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kamida vaqtincha to‘xtatildi, deb hisoblamoqda nashr.
The Times of Israel nashrining yozishicha, sektor janubidagi Rafahda joylashgan Isroil qo‘shinlari bir muncha vaqt oldin jangarilar tomonidan o‘qqa tutilgan.
Netanyahuning buyrug‘i e’lon qilinganidan so‘ng, HAMAS jangovar qanoti garovga olingan isroillikning jasadini topshirishni kechiktirayotganini ma’lum qildi, deb yozdi Al Jazeera.
Isroilning «Kan» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorida TSAHAL nazorati ostidagi hududni «sariq chiziq»dan tashqariga kengaytirishga qaror qilgan va buni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda.
10 oktabr kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida yarash bitimi kuchga kirdi. 13 oktabr kuni AQSh, Misr va Turkiya yetakchilari - Donald Tramp, Abdulfattoh as-Sisiy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Isroil va HAMAS o‘rtasida vositachi sifatida G‘azodagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Isroil armiyasi sulh tuzilganidan keyin G‘azo sektoriga hujumlar uyushtirdi. Masalan, 19 oktabr kuni TSAHAL mintaqaning barcha hududlaridagi HAMAS obektlariga zarba berib, bu «o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvning qo‘pol ravishda buzilishiga» javob bo‘lganini aytdi.
Bundan oldin AQSh tinchlik muzokaralaridagi boshqa vositachilarni sulh buzilishi haqida ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
14:08 / 01.12.2025
Rim papasi: Falastin davlatini tuzish - yagona yechim
08:29 / 01.12.2025