Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Pendik tumanida 47 yoshli V.U.ni pichoq bilan o‘ldirgan 47 yoshli R.A. “qasddan o‘ldirish” jinoyati uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga ayni voqeada ayolning sumkasini o‘g‘irlagani uchun alohida ravishda 6 yil qamoq jazosi ham berildi.
Foto: oxu.az
Axborotga ko‘ra, jinoyat 18 aprel kuni Istanbulning Pendik tumani, Qaynarja mahallasida sodir etilgan. Birga yashab kelgan juftlik o‘rtasidagi janjal vaqtida R.A. V.U.ni zo‘rlab yerto‘laga olib tushgan va bir necha marta pichoq bilan zarba bergan. Qo‘shnilar hodisa payti aralashishga uringan, ammo gumonlanuvchi jinoyat joyidan qochgan, u qisqa vaqtda politsiya tomonidan ushlangan.
Ish bo‘yicha Istanbuldagi 17-og‘ir jinoyat ishlari bo‘yicha sudda muhokamalar o‘tkazildi. Prokuror ‘qasddan o‘ldirish’ moddasi bo‘yicha jazo tayinlashni so‘radi. Sud hay’ati hukmni e’lon qilib, R.A.ni ushbu modda bilan umrbod jazoga hukm etdi. Voqea paytida marhumaning sumkasini olib qochgani “talonchilik” emas, o‘g‘irlik sifatida baholandi va bu uchun 6 yil qamoq tayinlandi.
Tergov materiallariga ko‘ra, ayblanuvchi pushaymon ekanini bildirgan, ammo sud jazoni yengillashtirmadi.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
13:47 / 04.04.2026
Qo‘qonda bank xodimining qotilligi: jinoyat qanday ro‘y bergan?
20:37 / 02.04.2026