Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
Nodir Ochilov, Sanjar Nosirov va Nusratulla Fozilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimlariga tayinlandi. Ular mos ravishda monetar operatsiyalar, metodologiya va prudensial nazorat yo‘nalishlarida rahbarlik tajribasiga ega.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, tizimda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan:
- Nodir Ochilov — Markaziy bank raisining o‘rinbosari. Avvalgi lavozimi: Monetar operatsiyalar departamenti direktori.
- Sanjar Nosirov — Markaziy bank raisining o‘rinbosari. Avvalgi lavozimi: Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari.
- Nusratulla Fozilov — Markaziy bank raisining o‘rinbosari. Avvalgi lavozimi: Banklarni prudensial nazorati departamenti direktori.
Qayd etilishicha, yangi tayinlovlar bank tizimidagi monetar siyosat amalga oshirilishi, regulyator metodologiyasi va prudensial nazorat kabi asosiy yo‘nalishlarda institutsional salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026
O‘zbekistonda UzQR tizimi ishga tushdi. Asosiy savollarga javoblar
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026