Boris Nemsov jamğarmasi 29 oktyabr kuni Ukrainaga qarşi Rossiyaning töliq masştabli bosqinidan keyin Yevroittifoqda aktivlari muzlatilgan rossiyalik xususiy investorlarga bağişlangan tadqiqotni taqdim etdi. Iş jamğarmaning Ideas for Russia ilmiy-tajribaviy taşabbusi doirasida amalga oşirilgan.
Sanksiyalar qöllanmagan investorlar — vaziyat garovida qolgan şaxslar. Uruşgaça rossiyaliklarning xorijiy qimmatli qoğozlari — Amerikaning, Yevropaning, Xitoyning va boşqalarning — asosan Belgiyadagi Euroclear kabi Yevropa depozitariylarida saqlangan. Rossiya fond bozori infratuzilmasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli investorlar öz qoğozlarini sotolmaydi va ulardan dividend ololmaydi, ammo huquqiy jihatdan mulkdorlik huquqi saqlanib qolgan.
Euroclear’da muzlatilgan bunday aktivlar umumiy hajmi taxminan 12 milliard yevroga baholanadi. Zarar körgan investorlar soni beş million kişigaça yetişi mumkin.
Boris Nemsov jamğarmasi tadqiqotining maqsadlaridan biri — muammoning kölami va mohiyati haqidagi ma’lumotni Yevropa siyosatçilari va regulyatorlariga yetkaziş. DW tadqiqotning asosiy natija va xulosalarini qisqaça bayon etdi.
Mualliflar oçiq manbalarni tahlil qildi, Yevropa moliya taşkilotlariga sörovlar yölladi (naşr vaqtida javob kelmagan), Rossiyaning yirik brokerlaridan biri ma’lumotlarini örgandi va aktivlariga kiriş imkonini yöqotgan bir neça yuzlab investor örtasida onlayn-sörov ötkazdi. Bundan taşqari, tadqiqot doirasida töqqiz ekspert va şunça xususiy investor bilan intervyu ötkazildi.
Tadqiqot avvaldan oçiq ma’lumotlarda körsatib kelingan holatni tasdiqladi: aktivlari muzlatilganlar orasida boy va öta boylar emas, balki oddiy rossiyaliklar ustun. Ularning köpçiligi jamğarmalarini inflatsiyadan himoya qiliş va keksalikda ta’minot uçun turli moliyaviy instrumentlarga (aksiya, obligatsiya, jamğarma uluşlari va h.k.) sarmoya kiritgan. Sörov iştirokçilari aynan şu sabablarni asosiy deb atagan.
Tadqiqot uçun ma’lumot bergan brokerning xabariga köra, bloklaş uning 233 ming mijozini qamrab olgan. Qulflangan mablağlar umumiy hajmi — 81 milliard rubl. Şu bilan birga, investorlarning 82 foizida muzlatilgan aktivlar summasi 100 ming rubldan oşmaydi. Yana 17 foizida 100 mingdan 3 million rublgaça bölgan mablağlar qulflangan. Faqat 1 foiz mijozdagina 3 million rubldan ortiq aktivlar bor.
Sanksiya röyxatlariga kiritilmagan rossiyalik investorlar öz aktivlarini oçişga urinib körişi mumkin. Buning tartibi ham mavjud: u Belgiya xazinasi (Belgian Treasury)dan — Euroclear faoliyatini tartibga soluvçi organ — litsenziya olişni nazarda tutadi.
Muammo şundaki, bunday litsenziyani qimmat advokatlar yordamisiz oliş deyarli imkonsiz. Investorlar bilan muloqot qilgan Boris Nemsov jamğarmasi hammuassisi Janna Nemsovaning aytişiça, yuridik hamrohlik xarajatlari ön minglab yevroga çiqadi.
Aktivlari faqat bir neça ming yevroga teng bölgan köpçilik jabrlanuvçilar uçun bunday tartibning ma’nosi yöq.
Agar muammo atrofida jamoatçilikda jiddiy muhokama yuzaga kelsa, Belgiya va Lyuksemburg davlat idoralarini — mablağlarning bir qismi Lyuksemburgdagi Clearstream depozitariysida ham muzlatilgan — advokat xizmatlarini qöllay olmaydigan investorlar uçun soddalaştirilgan tartib işlab çiqişga işontiriş mumkin, deya umid qildi Janna Nemsova.
Şu bilan birga, Nemsova hatto şunday mexanizm yaratilgan taqdirda ham undan asosan Ğarb davlatlarida yaşaşga ruxsatnomasi yoki fuqaroligi borlar foydalana olişini tan oldi. Sababi — aktivlar oçilganidan keyin ham ularni faqat Ğarbdagi brokerlik kompaniyasidagi hisobga ötkaziş mumkin.
Şunga qaramay, Rossiyada yaşamaydiganlar uluşi jabrlanuvçilar orasida ança yuqori bölişi mumkin. Tadqiqot doirasida ötkazilgan onlayn-sörovda qatnaşgan 851 nafar respondentning 60 foizi Rossiyada, qolgani esa çet elda yaşaydi. Mualliflar ta’kidlaşiça, bu qisman anketa tarqatiş usuli bilan izohlanadi. Şuningdek, çet elda yaşayotgan respondentlarning salmoqli qismi 2022 yilda uruş boşlanganidan keyin mamlakatni tark etgan.












