Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada parlament saylovi: «Erkinlik partiyasi» va D66 - teng natija
Niderlandiyada parlament saylovlarida byulletenlarning 90 foizi sanab chiqilgandan so‘ng, Rob Yyetten rahbarligidagi so‘l-liberal «Demokratlar 66» (D66) partiyasi va Gert Vilders boshqaradigan o‘ta o‘ng «Erkinlik partiyasi» yangi parlamentda har biri 150 o‘rindan 26 tadan mandat olishi kutilmoqda.
Shu tariqa, D66 partiyasi oldingi saylovlardagi natijasini uch barobarga yaxshiladi. «Erkinlik partiyasi» esa ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirdi. 30 oktyabr kuni tongda e’lon qilingan ekzitpollar va dastlabki natijalar D66’ning kichik farq bilan g‘alaba qozonishi ehtimolini ko‘rsatgan, «Erkinlik partiyasi» esa ikkinchi o‘rinni egallashi taxmin qilingan edi.
Niderlandiyada hukumat koalitsiyasini tuzish oson bo‘lmaydi, degan kutilmalar mavjud: bunga erishish uchun 150 o‘rindan kamida 76 tasini yig‘ish kerak — bu esa, odatda, to‘rt partiya birlashganda amalga oshishi mumkin.
2023 yilgi saylovlarda «Erkinlik partiyasi» birinchilikni qo‘lga kiritib, 37 deputatlik o‘rin olgan edi. Joriy ovoz berish o‘ng siyosiy kuchlar pozitsiyasini mustahkamlay oladimi yoki yo‘qmi, degan sinov sifatida baholandi.
Kutilmaganda, Yevropa Ittifoqining sobiq iqlim bo‘yicha komissari Frans Timmermans rahbarligidagi «Mehnat partiyasi» va «Yashillar-So‘llar» koalitsiyasi zaif natija ko‘rsatib, faqat to‘rtinchi bo‘ldi va parlamentda 20 ta o‘ringa ega chiqdi. Timmermans alyans rahbarligidan iste’fo berganini ma’lum qildi.
38 yoshli Rob Yyetten Niderlandiya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
17:17 / 07.06.2026