Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi
Hujjatlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik, geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash va boshqa yo‘nalishlarga aloqador.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb qo‘shma bayonotni imzoladi.
Yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan:
– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
– raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
– maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;
– ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;
– iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
18:53 / 05.01.2026
To‘qayev MDH davlatlari prezidentlari qanday sport turi bilan shug‘ullanishini aytdi
00:07 / 01.01.2026