Qaşşoq, tabiiy boyliklarsiz, millatlararo böliniş içidagi Singapur bor-yöği 30 yilda dunyodagi eng rivojlangan davlatlar safidan joy oldi. Hanuz ular bosib ötgan yölga möjiza sifatida qaraladi. Bugun “5 daqiqa”da Singapur yetakçisi Li Kuan Yuning “Uçinçi dunyodan birinçi dunyoga” asari haqida gaplaşamiz.
1965 yil. Jahon xaritasida yangi davlat – Singapur paydo böldi.
Bu davlat juda qaşşoq, kiçik bölib, oltin, neft, gaz, umuman şu kabi tabiiy boyliklari yöq edi. Aholi turli millat va tillarga bölingan, iqtisod ölgan, işsizlik avjida. Köpçilik bu davlat mustaqil bölganidan söng uç yil ham yaşamaydi degan xulosaga kelgandi.
Ammo Singapurning öşa paytdagi hukumat rahbari Li Kuan Yu bu fikrni amalda inkor qildi. U kitobida şunday yozadi: “Bizning eng katta boyligimiz – odamlarimizning ongi va mehnati”.
Şu işonç bilan u Singapurni 30 yil içida uçinçi dunyodan birinçi dunyoga aylantirdi.
Eng xavfli duşman...
Uşbu kitob quruq, oldi-qoçdi siyosatga bağişlanmagan. Unda halol rahbarlik, mas’uliyat va vijdon bilan köp narsa qiliş mumkinligi haqida gap boradi. Asarda Li Kuan Yu öz hayoti orqali mamlakatni qanday isloh qilganini, qanday qarorlar unga qimmatga tuşganini, lekin natija berganini yozib qoldiradi.
Li Kuan Yu korrupsiyani davlatning eng xavfli duşmani sifatida kördi. U agar rahbar pora olsa, butun tizim çiriydi deb hisoblagan. Halollik – siyosiy barqarorlikning yagona kafolati ekanini aytib ötadi.
Şu maqsadda u Korrupsiyaga qarşi mustaqil byuro, hatto boş vazirning özi haqida ham tekşiruv ötkaziş huquqiga ega bölgan taşkilot faoliyatini yölga qöydi.
Li Kuan Yu davlat xizmatçilari maoşini xususiy sektor darajasiga yetkazdi, ammo har qanday noqonuniy daromad uçun oğir jazo belgilandi. Mansabdor pora talab qilmaslikka, boşqalar esa uni bermaslikka örgandi, odatlandi.
Singapurda bugun korrupsiya deyarli yöq darajada.
Jamiyatga fikrlaydigan insonlar kerak
U ta’lim tizimini tubdan isloh qildi: nazariy bilimdan amaliy malakaga ötiş siyosati boşlandi.
Li Kuan Yu “Bizga amaliy fikrlaydigan insonlar kerak edi”, deb yozadi. Şu bois, har bir bitiruvçi iqtisod uçun foyda keltirdi.
Bundan taşqari, ta’limdagi adolat prinsipiga ham katta e’tibor berdi: heç bir bola kambağallik yoki millati sababli ta’limdan çetda qolmasligi kerak edi. Har bir bola öz iqtidoriga köra imkoniyat oldi.
(Oq-qora fon: Kattakonning farzandi, qarindoşi, degan gaplar jamiyatda imtiyoz bermadi).
Li Kuan Yu uçun öqituvçilik – faqat kasb emas, millatning ustuni edi. Öqituvçiga munosib maoş berilmasa, yurt kelajagi xavf ostida qolişi mumkinligini aytib ötdi. Jamiyatda öqituvçining darajasi oşdi.
Singapur möjizasining poydevori
Kitobda intizom – iqtisodiy muvaffaqiyatning asosi ekani haqida gap boradi. Li Kuan Yu jamiyatdagi tartib – erkinlikning duşmani emas, balki uning kafolati. Agar odamlar qonunga itoat qilmasa, demokratik qadriyatlar ham yetarli samara bermaydi, deb hisoblaydi.
Qat’iy jamoat tartibi örnatildi:
– köçaga çiqindilarni taşlaş, jamoat joylarida odobsiz harakatlar uçun qattiq jarimalar joriy etildi;
– xizmatçilardan tortib vazirlargaça, barça fuqarolar uçun bir xil qonun işlardi;
– keçikiş, va’dabozlik, loqaydlik kabi holatlar davlat idoralarida yöq darajada edi.
Uning fikriça, tartib nafaqat jamoat joylarida, balki fikrlaş tarzida ham bölişi kerak. Şuning uçun maktablardan boşlab bolalarga vaqtini tejaş, mas’uliyat va jamoat mulkiga ehtirom kabi qoidalar örgatilgan. Bu ğoya nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy, balki ma’naviy islohot ham edi.
Xulosa
“Uçinçi dunyodan birinçi dunyoga” kitobi rahbarlar, siyosatçilar va islohotçilar uçun juda kerakli asar. Bu kitobdan faqat tarix emas, rahbarlik madaniyatini örganiş mumkin. Uning har bir sahifasida bir millatning irodasi, bir insonning vijdoni aks etgan.
Li Kuan Yu bizga bir haqiqatni örgatdi: agar odam öz mamlakati, xalqini sevsa, uning taqdiriga befarq bölmasa, u hatto quyoşsiz orolni ham yoruğ dunyoga aylantira oladi.
Isomiddin Pölatov











