Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qudratilla Rafiqov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi etib qayta saylandi
Bu yilgi qurultoyda ilk marta rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
Foto: O‘zA
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi lavozimi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda 91,9 foiz ovoz bilan Qudratilla Rafiqov g‘olib bo‘ldi. U 2016 yil dekabr oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.
Qayd qilinishicha, bu yilgi qurultoyda ilk marta rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tug‘ilgan. 1993−1998 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi muovini, 1998—2003 yillarda Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi bo‘lib ishlagan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ bosh direktori bo‘lgan.
U 2016 yil dekabr va 2020 yil noyabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbar etib saylangan. Saylov 5 yilda bir marta bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:03 / 24.12.2024
Quvondiq Sanoqulov Gandbol federatsiyasi, Qudratilla Rafiqov esa Suzish federatsiyasi raisligiga saylandi
14:41 / 22.01.2021
Kasaba uyushmalari federatsiyasi: Ishchilar xavfsizligi uchun doim qayg‘uriladi
17:23 / 11.11.2020
Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi
22:35 / 09.11.2020