Kasaba uyuşmalari federatsiyasi işçilar yaxşi iş şaroitlarida işlaşi uçun mehnatini muhofaza qiliş yönalişida seminar-treninglar taşkil etmoqda. Federatsiya taşabbusi bilan ötgan yillarda mehnat munosabatlariga doir qonun va qonunosti hujjatlari asosida 3 tomda “Özbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlari töplami” ham özbek va rus tillarida naşr etildi
Sönggi yillarda Özbekistonda quriliş obektlari tobora köpayib bormoqda va tabiiy ravişda quriliş sohasida band bölayotgan aholi soni ham oşmoqda. Bu esa Kasaba uyuşmalari federatsiyasi zimmasiga ham quriliş obektlarida işlaydigan xodimlarning mehnat muhofazasi haqida köproq qayğuriş mas'uliyatini yuklamoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston respublikasi quriliş tarmoğini modernizatsiya qiliş, jadal va innovatsion rivojlantirişning 2021-2025 yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmonida mehnatni muhofaza qilişni boşqariş tizimini quriliş tarmoği obektlarida joriy etişni ta'minlaş belgilangan.
Mana şu yönaliş doirasida 21 yanvar kuni Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kapital Quriliş boşqarmasining “Iş joyidagi xavfsizlik – inson salomatligi garovi” mavzusida seminar-treningi bölib ötdi. Unda federatsiyaning soha mutaxassislari, tarmoq kasaba uyuşmalari hamda quriliş sohasida maxsus kiyim va himoya vositalarini işlab çiqaruvçi taşkilot muassasalari xodimlari iştirok etdi.

Seminarda asosiy urğu iş beruvçi iş joyida mehnat muhofazasini qanday şartlar asosida ta'minlaşi kerakligi, xodim esa xavfsiz şaroitda işlaşi uçun huquqlarini yaxşi bilişi kerakligiga qaratildi.
Tadbir davomida Kapital quriliş boşqarmasi boşliği Haydar Fozilov ötgan yillar davomida qanday quriliş obektlari qurilganligi va kelgusidagi rejalar haqida ham töxtaldi.
“Ötgan 4 yil davomida kasaba uyuşmalari 100dan ziyod obektlarda quriş, kapital ta'mirlaş, rekonstruksiya işlarini amalga oşirdi. 2021 yilning özida 20ga yaqin obektlarda quriliş, ta'mirlaş işlarini olib boriş rejalaştirilgan.
Jumladan, Qoraqalpoğistonning Bözatov tumanida 200 örinli, Jizzaxning Zomin tumanida 400 örinli, Xorazmning Xonqa tumanida 150 örinli, Namanganning Çortoq tumanida 200 örinli sanatoriyalar va Buxoro şahrida 200 örinli bolalar oromgohi qurişni rejalaştiryapmiz”, – dedi Kapital quriliş boşqarmasi boşliği.
















