11 noyabr kuni Kasaba uyuşmalari federatsiyasining Vlll qurultoyida Qudratilla Mirsagatoviç Rafiqov Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi lavozimiga bir ovozdan saylandi. Bu haqda Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, uning nomzodi Oqsoqollar Kengaşi tomonidan tavsiya qilindi. Oçiq ovoz beriş yöli bilan ötkazilgan saylovda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov ham iştirok etmoqda.
Tadbirda boş vazir prezidentning federatsiyaga tabrigini öqib eşittirgan. Prezident tabrigida federatsiya faoliyatiga baho berilib, 11 noyabrni mamlakatda Kasaba uyuşmalari xodimlari kuni, deb belgilaş hamda Kasaba uyuşmalari akademiyasini taşkil etiş taklif qilingan.
Ayni vaqtda federatsiya raisi örinbosarlari, rayosat a'zolariga nomzodlar tavsiya etilib, saylov jarayoni davom etmoqda.

Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tuğilgan, 1993-1998 yillarda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisi muovini, 1998 yildan 2003 yilgaça Jizzax viloyati kasaba uyuşmalari Kengaşi raisi lavozimida faoliyat körsatgan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ boş direktori lavozimida işlagan. 2016 yil dekabrida esa Tanzila Norboyeva örniga Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining yangi rahbari etib saylangandi.
U senator, Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi a'zosi hisoblanadi.














