Quvondiq Sanoqulov Özbekiston Gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 24 dekabr kuni qömitada Sport vazirligi va MOQ rahbariyati iştirokida mamlakat Gandbol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi taşkil etilgan.
Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining boş direktori, Özbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov nomzodi Özbekiston Gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surilgan. Delegatlar uşbu nomzodni bir ovozdan ma’qullagan va u mamlakat Gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.
Quvondiq Sanaqulov 2008 yildan beri Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbari lavozimida işlab keladi. U Özbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi ham hisoblanadi.

Şuningdek, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov Suziş federatsiyasi raisi etib saylandi.
MOQda taşkil etilgan tadbir davomida ta’kidlanişiça, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan sönggi yillarda hududlarda suv sporti turlarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyati va Toşkent şahrida jahon standartlariga mos keladigan 50x25 metr ölçamdagi havzalar foydalanişga topşirilgan. Qaşqadaryoda ayni paytda navbatdagi obekt – zamonaviy suv sport turlari saroyi qad rostlayotgan bölsa, Toşkent viloyatida yana bir suziş havzasi qurilişi loyihalaştirilmoqda.
Federatsiyaning avvalgi rahbari Quvondiq Sanoqulov mamlakat Gandbol federatsiyasi boşqaruviga ötgani va yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda, suziş federatsiyasi rahbari lavozimiga Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov nomzodi ilgari surilgan va tadbirda qatnaşgan delegatlar uşbu nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.
Qudratilla Rafiqov 2016 yil dekabrida Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi rahbari etib saylangan. U ham Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi, 2017 yilda «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni, 2021 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.
















