Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistlar oqimi: erkaklar ulushi ayollarnikidan yuqori
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni qariyb 8,56 mln nafarni tashkil etdi. Shundan erkaklar - 4,64 mln (≈54,2 foiz), ayollar - 3,92 mln (≈45,8 foiz).
Qo‘mita ma’lumotlari xorijiy mehmonlar tarkibida erkaklar ulushi ustun ekanini ko‘rsatmoqda. Yosh kesimida esa eng yirik toifa 31–55 yoshdagi mehmonlardan iborat.
Jins bo‘yicha taqsimot:
- erkaklar: 4 641 212 nafar — ≈54,2 foiz;
- ayollar: 3 920 666 nafar — ≈45,8 foiz.
Jami: 8 561 878 nafar
Yosh bo‘yicha taqsimot:
- 0–18 yosh: 1 153 655 (≈13,5 foiz);
- 19–30 yosh: 1 407 260 (≈16,4 foiz);
- 31–55 yosh: 4 297 649 (≈50,2 foiz);
- 56+ yosh: 1 703 314 (≈19,9 foiz).
Bu ko‘rsatkichlar turistik maqsad bilan kirgan chet el fuqarolarini o‘z ichiga oladi (dam olish, ziyorat, xizmat safari va boshqa yo‘nalishlar umumiy hisobda beriladi).
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
21:44 / 05.06.2026