Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Marko Rubio 2026 yilda Markaziy Osiyoning 5 davlatiga tashrif buyuradi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio 2026 yilda Markaziy Osiyoning besh davlati - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bayonot Vashingtonda ushbu davlatlar TIV rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida aytildi.
Reuters’ga ko‘ra, Rubioning tashrifi Tramp ma’muriyatining mintaqadagi resurslarga — jumladan, nodir yer elementlari va boshqa xomashyolarga doir hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi.
6 noyabr kuni Oq uyda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va prezident Donald Tramp uchrashuvi ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio “resurslarni mas’uliyat bilan rivojlantirish” bo‘yicha manfaatlar mushtarakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026