Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan strategik minerallar bo‘yicha kelishuvga tayyorlanmoqda – ekspert
Yevroosiyo xavfsizlik va farovonlik departamenti katta direktori so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati AQShning nodir yer elementlari bo‘yicha Xitoyga qaramligini kamaytirish maqsadini qo‘ygan.
Foto: Getty images
AQSh kelgusi ikki yil ichida Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan muhim minerallarni yetkazib berish va qayta ishlash bo‘yicha yangi kelishuvlar tuzishi mumkin. Bu fikrni Vashingtondagi «The New Lines Institute for Strategy and Policy» Yevroosiyo xavfsizlik va farovonlik departamenti katta direktori Komron Buxoriy Kazinform muxbiriga bergan intervyusida bildirdi.
– Markaziy Osiyo – AQSh (C5+1) formatidagi so‘nggi uchrashuv ikki yil oldin Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan edi. Bu vaqt ichida AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatida nimalar o‘zgardi va bo‘lajak sammitda qanday masalalar muhokama qilinishi mumkin?
– 2023-yilgi C5+1 uchrashuvidan beri ko‘p narsa o‘zgardi. Vashingtonda yangi geostrategiyani amalga oshirayotgan yangi ma’muriyat paydo bo‘ldi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘zining mintaqaviy ittifoqchilari o‘z strategik mintaqalarida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishlariga ishonadi. Yangi siyosatning maqsadi Amerikaning quruqlikdagi xavfsizlikning asosiy kafolati sifatidagi rolini kamaytirish va sa’y-harakatlarni dengiz xavfsizligi, texnologik va strategik to‘xtatuvchi kuchlarga qaratishdir.
– Qozog‘iston yaqinda Qo‘shma Shtatlar bilan 4 milliard dollarlik lokomotiv ishlab chiqarish bo‘yicha yirik shartnoma imzoladi, O‘zbekiston esa 8 milliard dollarlik Amerika samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qildi. Qo‘shma Shtatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yana yirik shartnomalar bo‘ladimi? Vashington qaysi sohalarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda?
— Menimcha, qo‘shimcha kelishuvlar imzolanadi. Ayniqsa, Janubiy Kavkazda yirik transport markazini ochgan «Tramp yo‘li» (Trump Route for International Peace and Prosperity) loyihasi bo‘yicha kelishuvdan so‘ng, yirik bitimlar tuzilishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, Sharq va G‘arb o‘rtasida Transkaspiy savdosini O‘rta yo‘lak orqali kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, bu esa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarning strategik ahamiyatini oshiradi.
Bundan tashqari, hozirgi Tramp ma’muriyati AQShning nodir yer elementlari bo‘yicha Xitoyga qaramligini kamaytirish maqsadini qo‘ygan. Shu munosabat bilan, biz kelgusi ikki yil ichida Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan muhim minerallarni yetkazib berish va qayta ishlash bo‘yicha yangi kelishuvlar tuziladi, deb hisoblaymiz.
– AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash strategiyasi qanday bo‘lishi kerak?
– Qo‘shma Shtatlar va uning Markaziy Osiyodagi hamkorlari C5+1 formatini strategik sheriklikka aylantirish uchun mavjud geosiyosiy imkoniyatdan foydalanishi kerak. Bu qadamlar mintaqa mamlakatlariga G‘arb va umuman xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
18:15 / 06.12.2025
Markaziy Osiyo davlatlari giyohvand moddalarga qarshi kurashda birdamlik kuchaytiradi
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025