Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 2025 yilda Federal majlisga murojaat qilmaydi – OAV
Hukumatdagi uchta manbaga ko‘ra, Kreml hozir murojaatga tayyorgarlik ko‘rmayapti.
Foto: Vedomosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025 yilda Federal majlisga yillik murojaat bilan chiqmaydi, deb xabar berdi Faridaily nashri.
Hukumatdagi uchta manbaga ko‘ra, hozir murojaatga tayyorgarlik ko‘rilmayapti. Dekabr oyida Putinning an’anaviy yillik matbuot anjumani «bevosita liniya» bilan birgalikda o‘tkazilishi e’lon qilindi va Kreml yana bir yirik tadbir o‘tkazishga qaror qilishi dargumon, deb ta’kidladi Faridaily suhbatdoshlari.
Federal majlisga murojaat qilish Rossiya prezidentining konstitutsiyaviy majburiyati bo‘lib, bu 84-moddada belgilangan.
2025 yilgi Murojaatnoma dastlab fevral oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan edi. Faridaily manbalarining xabar berishicha, u kechiktirildi, chunki Putin Oq uyga qaytgan Donald Tramp bilan tez orada uchrashishga umid qilgan va uning butun e’tibori uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan (natijada prezidentlar faqat avgust oyida uchrashdi).
2022 yilda Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganida ham Putin murojaat bilan chiqmadi. Kreml buni urush sharoitida «dinamik» va tez o‘zgaruvchan vaziyat bilan izohladi.
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
12:30 / 13.12.2025