Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi Toshkentda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin
Bu masala prezident Shavkat Mirziyoyev va korporatsiya bosh direktori Ben Blekning Vashingtondagi uchrashuvida muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni jadallashtirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham fikr almashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 6 noyabr kuni AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.
DFC – AQSh milliy rivojlanish instituti bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni safarbar qilish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda oliy darajadagi faol muloqotlar va savdo-investitsiyaviy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va IT sohalarida yirik qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.
Amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni jadallashtirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrida korporatsiyaning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari korporatsiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:12 / 10.12.2025
AQSh XJSdan Trampni ta’qib qilmaslikni talab qildi
22:29 / 10.12.2025
AQSh Kiyevga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni va «Koreya ssenariysi»ni taklif qilmoqda
21:38 / 10.12.2025
Tramp doktrinasi: Rossiya bilan yarashamiz, Xitoy bilan tirashamiz!
20:39 / 10.12.2025