Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kemasi shikastlanishi tufayli taykonavtlar koinotda qolib ketdi
Kema koinotdagi chiqindilar bilan to‘qnashdi, shundan so‘ng taykonavtlarning Yerga qaytishi kechiktirildi.
Xitoyning Shenchjou-20 missiyasi uch nafar taykonavti kema noma’lum obektlar bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng orbitada qolib ketdi, deyiladi Xitoy koinot tadqiqotlari boshqarmasi bayonotida.
Taykonavtlar Chen Dun, Chen Chjunjuy va Van Tsze 5 noyabr kuni Yerga qaytishi kerak edi va hatto Xitoyning «Tyangun» kosmik stansiyasi kalitlarini yangi ekipajga topshirgan edi. Biroq parvozdan bir necha soat oldin kema koinotdagi chiqindilar bilan to‘qnashdi.
«Hozir oqibatlar tahlili va xavflarni baholash ishlari olib borilmoqda», deb ma’lum qildi koinot agentligi hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritmay.
Taykonavtlarning Yerga qaytishi mumkin bo‘lgan sanalar ham aytilmagan.
Shenchjou-20 ekipaji orbitada taxminan yarim yil bo‘ldi, o‘tgan hafta Xitoy uning o‘rniga uch nafar taykonavt va to‘rtta sichqon bilan Shenchjou-21 missiyasining boshqariladigan kemasini muvaffaqiyatli uchirdi.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026