Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha AQShdan gaz import qilib, uni Ukraina va Slovakiyaga yetkazishni rejalashtirmoqda
Varshava kelishuv orqali energetika habi maqomini mustahkamlamoqchi. Reuters’ga ko‘ra, bu haqda Afinadagi konferensiyadan keyin e’lon qilinishi mumkin, muhokama etilayotgan hajm Slovakiyaning yillik iste’moliga tenglashadi. Pellegrini tashabbusni olqishladi.
Foto: Reuters
Polsha AQShdan ko‘proq suyultirilgan tabiiy gaz (STG) import qilish, keyin esa uni Ukraina va Slovakiyaga yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Varshavadagi energetika vazirligi Reuters agentligiga, muzokaralar borishi bilan tanish ikki manbadan olingan dastlabki ma’lumotni tasdiqlar ekan, xabar berdi. “Biz sheriklarimiz — amerikaliklar, slovaklar va ukrainlar bilan — mintaqamiz energetik xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Amerika gazini import qilish imkoniyatlari ustida ishlayapmiz”, — deya vazirlik bayonotini keltirdi Reuters.
Varshavaga ko‘ra, tegishli kelishuv Polsha rolini Sharqiy Yevropadagi energetika habi sifatida kuchaytiradi va YeIni AQSh energiya manbalari bilan yanada chambarchas bog‘laydi.
Reuters manbalari ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Polsha vakillari STG yetkazib berish hajmlarini oshirish haqidagi e’lonni shu hafta oxirida Afinada o‘tadigan transatlantik energetika konferensiyasidagi uchrashuvdan so‘ng chiqarishni rejalashtirmoqda.
Agentlik ta’kidlashicha, Polsha orqali muhokama etilayotgan yetkazib berish hajmlari Slovakiyaning bir yillik gaz iste’moliga teng bo‘lishi mumkin.
Shu kuni, 5 noyabrda, Polsha prezidenti Karol Navrotskiy Bratislavada: “Polsha Amerika STGni Slovakiyaga yetkazib berish habi bo‘lishi mumkin”, — dedi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa mamlakatlari Rossiyadan energetik mustaqillik uchun birlashishi lozim, shuningdek Varshava Bratislava bilan birga YeIning migratsiya kvotalariga qarshi chiqmoqda, deb xabar berdi PAP Polsha agentligi.
Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini Navrotskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Varshava tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, buni “energoresurslar yetkazib berishni yanada diversifikatsiya qilish uchun noyob imkoniyat” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha NATO doirasida Slovakiyaning energetik va harbiy xavfsizligi kafiliga aylanishi mumkin, deb yozdi mahalliy HNonline.sk nashri.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38