Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi tadbirlarga boy dastur bilan kechdi va yakuniga yetdi. Vashingtonda Oq uyda prezident Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazildi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida tomonlar O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish, shuningdek, “S5+1” formatidan foydalangan holda Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev senator Stiv Deyns, kongressmenlar Kerol Miller, Bill Xayzenga va Sidni Kamlager-Dav bilan suhbatlashdi. Shuningdek, AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek, hamda General Motors International kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Amin bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning ishbilarmonlik qismida AQSh ishbilarmonlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv va muzokaralar yakunida qator ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.
Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.


Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026