Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Osiyoning sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillari ro‘yxatiga kiritildi
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, Condé Nast Traveler xalqaro sayyohlik jurnali Toshkentni “2026 yilda Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar” ro‘yxatiga kiritdi.
Nashr maqolasida ta’kidlanishicha, Toshkent sayyohlarni tarix va zamonaviylik uyg‘unligi bilan o‘ziga jalb qiladi: qadimiy madrasalar va bozorlar zamonaviy inshootlar bilan yonma-yon joylashgani mehmonlarda kuchli taassurot qoldiradi.
Jurnalda poytaxt Markaziy Osiyoning madaniy turizm markaziga aylanib borayotgani qayd etilgan. Xususan, Islom sivilizatsiyasi markazi majmuasi va Zamonaviy san’at markazi galereyasining ochilishi shaharga ham tarixiy, ham zamonaviy ko‘rk bag‘ishlamoqda. Bu yerda sayyohlar tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar bilan birga zamonaviy ko‘rgazma va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
Toshkent, shuningdek, O‘zbekistonning turli go‘zal maskanlariga yo‘naltiruvchi boshlang‘ich nuqta va mustaqil turistik yo‘nalish sifatida baholanmoqda. Poytaxt boy madaniy dastur va Markaziy Osiyo poytaxtiga xos betakror muhitni taklif etib, yangi taassurot va noodatiy sayohat izlayotgan sayyohlar uchun munosib manzilga aylanmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026