Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2026 yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkin – OAV
Manbalarga ko‘ra, kelgusi yil noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq parlament saylovlari Amerikada siyosiy inqiroz va ichki tartibsizliklarga olib kelsa, bosqin boshlanishi mumkin.
Foto: Xinhua
Xitoy Tayvanga 2026 yil noyabrida hujum qilishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri G‘arb razvedkasidagi manbalariga tayanib yozdi.
Manbalarga ko‘ra, kelgusi yil noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq parlament saylovlari Amerikada siyosiy inqiroz va ichki tartibsizliklarga olib kelsa, bosqin boshlanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Pekin Amerikadagi partiyalardan birining saylov natijalaridan noroziligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy siyosiy inqirozga urush boshlash imkoniyati sifatida qaramoqda.
«Xitoy harbiy maqsadlar uchun ko‘p sonli fuqarolik paromlarini modernizatsiya qilmoqda va 2026 yil oxirigacha 70 dan ortiq yirik parom qurishni rejalashtirmoqda. Agar Si Jinping Tayvanni boshqa yo‘l bilan qo‘shib olish mumkin emas deb hisoblasa, mamlakat harbiy bosqinni tanlaydi», dedi nashrga tahlilchi May-Britt Shtumbaum.
Tayvanning Germaniyadagi vakili Klement Gu Xitoydan kelayotgan tahdid yil sayin ortib borayotganini aytdi.
«Xitoy gibrid urushdan foydalanmoqda va umuman demokratiyaga va mintaqadagi barqarorlikka hujum qilmoqda. Hind-Tinch okeani mintaqasida Xitoydan kelayotgan tahdidni hisobga olgan holda, Tayvan AQSh kabi boshqa davlatlar bilan hamkorlikni olqishlaydi», dedi u Bild nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38