Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fabio Kannavaro milliy jamoaning xalqaro turnirda ishtirok etadigan tarkibini e’lon qildi
O‘zbekiston milliy jamoasi 14-17 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Yig‘inga «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov va «Istanbul Boshoqshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov ham chaqirildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tarkibda 26 nafar futbolchi, jumladan, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov va «Istanbul Boshoqshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor.
Yig‘inga jalb etilgan tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Botirali Ergashev (Neftchi), Vladimir Nazarov (Paxtakor).
Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov (Istiqlol, Eron), Muhammadqodir Hamraliyev (Paxtakor), Umar Eshmurodov (Nasaf), Abduqodir Husanov (Manchester Siti, Angliya), Farruh Sayfiyev (Neftchi), Hojiakbar Alijonov (Paxtakor), Husniddin Aliqulov (Rizespor, Turkiya), Abdulla Abdullayev (Dibba, BAA), Sherzod Nasrullayev (Nasaf)
Yarimhimoyachilar: Odiljon Hamrobekov (Traktor, Eron), Azizbek Turg‘unboyev (Paxtakor), Otabek Shukurov (Bani YaS ,BAA), Oston O‘runov (Persepolis, Eron), Hojimat Erkinov (Paxtakor), Jamshid Iskanderov (Neftchi), Doston Hamdamov (Paxtakor), Sardor Bahromov (Nasaf), Akmal Mozgovoy (Baniyas, BAA), Aziz G‘aniyev (Al-Bataih, BAA), Ruslan Jiyanov (Navbahor)
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (Istanbul Boshoqshehir, Turkiya), Husayn Norchayev (Nasaf), Igor Sergeyev (Paxtakor)
O‘zbekiston milliy jamoasi 14-17 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Musobaqada jahon chempionati ishtirokchilari — Eron, Misr va Kabo-Verde ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi o‘yinni 14 noyabr kuni Misrga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
08:30 / 28.06.2026
«Bu musobaqa men uchun ham katta tajriba bo‘ldi» – Kannavaro
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
10:25 / 23.06.2026