Turkiyada Isroil hukumatining yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan «genotsid» va «insoniyatga qarşi jinoyatlar» ayblovi böyiça hibsga oliş orderlari çiqarildi. Istanbul prokuraturasi bayonotiga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, mudofaa vaziri Isroil Kats, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir doxil jami 37 kişiga qarşi ayblov qöyilgan.
Istanbul prokuraturasi bayonotida aytilişiça, jami 37 nafar şaxsga qarşi ayblov qöyilgan. Ular orasida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, mudofaa vaziri Isroil Kats, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Isroil armiyasi boşliği general Eyol Zamir va dengiz kuçlari qömondoni David Salama ham bor. Töliq röyxat e’lon qilinmadi.
Anadolu naşrining yozişiça, Turkiya rasmiylari ularni 2023 yildan buyon Ğazodagi uruş davomida «tizimli ravişda amalga oşirilgan genotsid va insoniyatga qarşi jinoyatlar»da aybladi.
Bayonotda, xususan, «6 yoşli Hind Rajabning Isroil askarlari tomonidan otib öldirilgani, 2023 yil 17-oktyabrda «Al-Ahli» baptist kasalxonasiga hujumda 500 kişi halok bölgani, 2024 yil 29 fevralda Isroil askarlari tibbiy uskunalarni ataylab vayron qilgani, 2025 yil 21 martda esa Turkiya-Falastin döstlik kasalxonasi bombardimon qilingani», Ğazo tösib qöyilgani va jabrlanganlarga humanitar yordam yetkazilişiga yöl berilmagani» ta’kidlangan.
Bayonotda, şuningdek Ğazoga humanitar yordam yetkaziş uçun yölga çiqqan Global Sumud Flotilla kemasiga xalqaro suvlar hududida Isroil tomonidan uyuştirilgan hujum ham keltirilgan.

Prokuratura uşbu hujum böyiça Turkiya Jinoyat kodeksining 12 va 13-moddalari, Jinoyat-protsessual kodeksining 15-moddasi hamda BMTning Dengiz huquqi töğrisidagi konvensiyasi asosida «qiynoqlar», «talonçilik», «mulkka zarar yetkaziş», «ozodlikdan mahrum etiş» va «transport vositasini tortib oliş yoki uşlab turiş» kabi jinoyatlar böyiça suriştiruv boşlanganini bildirgan.
Ular Istanbulga qaytgaç, prokuratura jabrlanuvçilarning körsatmalarini olgan. Tergov jarayonida jabrlanuvçilar vakillari tomonidan qöşimça arizalar topşirilgan, şuningdek, Istanbul 2-son advokatlar palatasi juma kuni rasmiy jinoyat işi qözğatiş talabini kiritgan.
«Topilgan dalillar asosida aniqlanişiça, Isroil davlati amaldorlari Ğazada sodir etilgan 'insoniyatga qarşi jinoyatlarʼ va ʼgenotsidʼ harakatlari, şuningdek Global Sumud Flotilla'ga qarşi hujumlar uçun jinoiy javobgarlikka tortilişi lozim,» deyiladi bayonotda.
Sud şuningdek gumondorlarning hozirça Turkiya hududida emasligini qayd etgan. Şu sababli, prokuratura sörovi bilan 2025 yil 7 noyabr kuni Istanbul Tinçlik jinoiy sudi tomonidan isroillik amaldorlarga nisbatan Turkiya Jinoyat kodeksining 76-moddasi (genotsid) va 77-moddasi (insoniyatga qarşi jinoyatlar) böyiça hibsga oliş orderlari çiqarildi.
Hamas va Isroilning munosabati
Al-Jazeera’ning yozişiça, «Hamas» harakati bu qarorni olqişlab, uni «Turkiya xalqi va rahbarlarining adolat, insonparvarlik va birodarlik qadriyatlariga sodiqligini tasdiqlovçi maqtovga loyiq qadam» deb atadi.
Isroil esa bu qarorni «şou» deb atab, keskin rad etdi. «Isroil Erdöğan degan zolimning navbatdagi PR şousini nafrat bilan rad etadi», degan Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar.
Isroilning Ğazodagi ikki yil genotsid körinişidagi uruşi davomida qariyb 70 ming falastinliklar – ayollar va bolalar ham vafot etdi. 150 mingdan ortiq jarohatlandi. Ğazodagi deyarli barça infrastruktura vayron bölgan va oçarçilik boşlangan. BMT tergov komissiyasi va mustaqil inson huquqlari taşkilotlari Ğazoda genotsid sodir etilganini tasdiqlagan.

2024 yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud Ğazodagi genotsid ayblovlari bilan Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan qamoqqa oliş orderlarini çiqargan edi.
Bundan taşqari, 2023 yil dekabr oyida Janubiy Afrika Respublikasi Isroilga qarşi Xalqaro sudda tarixiy da’vo qözğatgan — unda Isroil Ğazodagi uruş paytida 1948 yilgi «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblangan. Ötgan yili Turkiya Janubiy Afrikaning Xalqaro sudda Isroilga qarşi genotsid böyiça da’vosiga ham qöşilgan edi.
Uşbu jarayon keyinçalik AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan sulh ortidan töxtatilgan.
10 oktyabrdan buyon Ğazo sektorida mintaqaviy tinçlik rejasining bir qismi sifatida mojarolardan keyingi nozik sulh kuçda qolmoqda.











