Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov: Bundan buyon to‘ntarishlarni faqat tushingizda ko‘rasiz
Qirg‘izistonda yuz bergan davlat to‘ntarishlari natijasida 2005 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayev, 2010 yilda ikkinchi prezident Kurmanbek Bakiyev va 2020 yilda beshinchi prezident Sooronbay Jeenbekov hokimiyatdan chetlatilgan.
Foto: president.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “fitnachilar”ning urinishlariga qaramasdan, respublikada davlat to‘ntarishi takrorlanmasligini aytdi.
"Davlat to‘ntarishlari bo‘lmaydi. Birinchidan, bunga imkon bermaymiz. Ikkinchidan, avvalgi zaif davlat endi yo‘q. Davlatimiz kuchli. Uchinchidan, xalq kimni qo‘llab-quvvatlash kerakligini va hokimiyat tepasida kimlar bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.
Uning qayd etishicha, respublikada “mamlakatdagi muammolarni oshirib ko‘rsatayotgan”, odamlarni gij-gijlayotgan va saylovlar vaqtida nimadir yuz berishiga umid qilayotgan "yomon niyatli guruhlar" bor.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, bu guruhlar tarkibi sud tomonidan mol-mulki va pullari davlat budjetiga o‘tkazilgan korrupsiyachilar, mamlakat hukumati tomonidan "soyadagi sxemalar"ga ruxsat olgan shaxslar va amalidan chetlatilgan, lekin "o‘z manfaati uchun shaxsan o‘ch olmoqchi bo‘lgan sobiq amaldorlardan iborat.
"Bundan buyon to‘ntarishlarni faqat tushingizda ko‘rasiz. Marodyorlik, talonchilik, mansab egallash va to‘ntarishdan keyin boyishga urinish faqat tushlaringizda bo‘ladi", - dedi Qirg‘iziston rahbari.
Qirg‘izistonda mustaqillik yillarida uch marta davlat to‘ntarishi yuz bergan. 2005 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayev, 2010 yilda ikkinchi prezident Kurmanbek Bakiyev va 2020 yilda beshinchi prezident Sooronbay Jeenbekov hokimiyatdan chetlatilgan.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025