O‘zbekiston | 10:46 / 10.11.2025
4111
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilishda davom etadi

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Hafta o‘rtasidan harorat kechki vaqtlarda +4…+7, kunduzi +17…+20 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi.

Foto: Kun.uz

Dushanba va yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Harorat 1011 noyabr kunlari kechasi va ertalab 0…+3 daraja, kunduzi +13…+16 daraja bo‘ladi.

Hafta o‘rtasidan boshlab havo harorati kechki va tonggi vaqtlarda +4…+7 atrofida bo‘ladi, kunduzi esa +17…+20 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika hududining aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi. Faqat 1011 noyabr kunlarida Toshkent viloyatining tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10−11 noyabrda kechasi +2…+4 daraja, kunduzi +13…+16 daraja, 1214 noyabr kunlari kechasi +4…+7 daraja, kunduzi +17…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid