Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish salohiyati tugab bormoqda – Rubio
Marko Rubio keyingi qadamlar mavjud sanksiyalarga rioya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi.
Foto: AFP / Getty Images
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish bo‘yicha deyarli chegaraga yetganini aytib, eng yirik neft kompaniyalariga allaqachon cheklovlar qo‘yilganini va keyingi qadamlar yangi sanksiyalarni joriy etishdan ko‘ra, mavjud sanksiyalarga rioya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Rubio G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Kanadada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Jurnalistning Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirish haqidagi savoliga javob berar ekan, Rubio «aslida biz sanksiyalar qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan deyarli hech narsa qolmadi» dedi.
«Biz tomondan unchalik ko‘p sanksiya qolmadi. Aytmoqchimanki, biz ularning eng yirik neft kompaniyalariga zarba berdik, bu haqda hamma so‘ragan edi. Ko‘rinib turibdiki, bu amalga oshishi kerak va ular ta’sirli bo‘lguncha biroz vaqt o‘tadi», dedi u.
Davlat kotibi Rossiya neft cheklovlarini chetlab o‘tish uchun foydalanadigan «yashirin flot» muammosiga alohida to‘xtaldi. Rubio unga qarshi kurashni yangi sanksiyalar uchun sabab emas, balki «sanksiyalarning bajarilishini ta’minlash mexanizmi» deb ta’rifladi.
Rubio yevropalik hamkorlar bu jarayonda faolroq bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirdi, chunki kemalarning katta qismi «ularning hududlariga yaqinroq o‘tadi».
Rossiya haqiqatan ham tinchlikka intilyaptimi, degan savolga Rubio faqat harakatlarga qarab baho berish mumkinligini aytdi. Uning fikricha, Moskva «nimani xohlashini aniq aytdi – ular Donetsk viloyatining qolgan qismini xohlayapti va bunday talablar Ukraina tomoni uchun ma’qul emas».
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida AQSh Donald Tramp prezidentligining ikkinchi muddati davomida birinchi marta Rossiyaga, xususan, «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalariga qarshi yangi keng ko‘lamli sanksiyalarni e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38