O‘zbekiston | 14:06 / 13.11.2025
610
1 daqiqa o‘qiladi

Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligida “Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat №3699, 11.11.2025) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkum loyihalarini amalga oshirish tartib-qoidalarini belgilaydi.

Foto: Kun.uz 

Nizomga muvofiq, turkum ijodiy asarlarning mavzu va yo‘nalishlari har yili 10 yanvargacha OAV orqali e’lon qilinadi. E’londa ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ijodkorlarning loyiha takliflari 5 fevralgacha qabul qilinadi.

Davlat buyurtmasi sifatida etilgan loyihalar mualliflari bilan shartnoma tuziladi va asarlarni yaratish ishlari shu asosda amalga oshiriladi. Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining veb-saytida ijodkorlar taqdim etgan barcha loyiha takliflari, ularni ko‘rib chiqish holi va qabul qilingan qarorlar ochiq e’lon qilib boriladi.

Yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondiga topshiriladi va ijodkorlarga mualliflik haqlari to‘lab beriladi.

Mavzuga oid