Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Litva mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytiradi
12 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Litvaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Egidiyus Navikas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mehnat migratsiyasi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish hamda konsullik yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Litva Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Egidiyus Navikas bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, hukumatlararo bitimlarni imzolashni jadallashtirish, konsullik maslahatlashuvlarini tashkil etish, shuningdek, noqonuniy migratsiya va radikallashuvga qarshi kurashish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar doimiy muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldi.
Mavzuga oid
22:07
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
18:43 / 08.07.2026