Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroydagi yig‘ilishda O‘zbekiston–Qozog‘iston savdosini 10 mlrd dollarga yetkazish rejasi muhokama qilindi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida O‘zbekiston–Qozog‘iston Oliy davlatlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, shu jumladan o‘zaro savdoni 10 milliard dollarga yetkazish maqsadlari muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari 2024 yilda ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengash formati o‘zining dolzarbligi va samaradorligini namoyon etayotganini ta’kidladi.
– Munosabatlarimiz bugungi kunda eng yuqori – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, ikki tomonlama salohiyatdan to‘liq foydalanish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdoning barqaror o‘sishini ta’minlash, uning tarkibini diversifikatsiya qilish va biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarga yetgani qayd etildi va 2030 yilgacha bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish rejasi tasdiqlandi.
Bu maqsadlarga erishish uchun savdo va investitsiya bitimlarining salmoqli to‘plami shakllantirilgani, “O‘zKazTreyd” kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlari ishlayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda shuningdek, sanoat kooperatsiyasi doirasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish, umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish, qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi dasturni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Transport va logistika, suv-ekologiya, energiyani tejash, “yashil” texnologiyalar, axborot texnologiyalari, shuningdek, fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston–Qozog‘iston hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
13:08
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov strategik hamkorlik va yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
07:20
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
15:41 / 05.12.2025