Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdi
Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik sanoat va investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
Marosim doirasida “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi hamda Tenge Bank'ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.
Shu bilan birga, Silkway Central Asia ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi, shuningdek, Toshkent va Ostona poytaxtlarida “Toshkent” va “Ostona” mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.



Mavzuga oid
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026