Poytaxt IIBBning 8 nafar tezkor xodimi fuqaroning 233 ming dollar mablağini zörlik işlatib tortib olgani ma’lum böldi
|22:33 / 18.11.202530 54818 min
Jinoyat qidiruv boşqarmasi tezkor xodimlari ikki fuqaroni içki işlar binosiga olib kelib, bosim va qiynoqlar qöllagan holda ularning elektron hamyonidagi kriptoaktivlarni özlariga tegişli boşqa hamyonga ötkazişgan. Söngra uni naqdlaştirib, özaro bölişib olişgan. Tintuv davrida xodimlarning uyi va xizmat xonalaridan jami 170 ming dollardan oşiq pul mablağlari, şuningdek giyohvand moddalar ham topilgan.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Çala qolgan tuşlik
2024 yil 26 iyun. Soat taxminan 14:00 larda Mirobod tumanining Afrosiyob köçasida joylaşgan “Fistik” kafesiga 3 nafar fuqarolik kiyimidagi IIB tezkor vakili kirib keladi. Ular kafeda tuşlik qilib ötirgan M.Q. oldida töxtaşadi va unga özlari bilan birga borişi kerakligini aytişadi. Tezkor xodimlar darhol yigitning telefoni hamda noutbugi solingan sumkasini olib qöyişadi va uni yöl çetida turgan Nexia maşinasiga ötqazişadi.
Nima bölayotganini tuşunmagan M.Q. notaniş kimsalardan xizmat guvohnomalarini söraydi. Biroq ular guvohnomani içki işlar binosida körsatişini aytib, yigitni Toşkent şahar IIBBga olib ketişadi.
M.Q. tuşlik qilib ötirgan joyidan olib ketgan şaxslar Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş bölimi kiçik tezkor xodimlari Serikbay Kulanov, Maqsud Nazarov va Aqjigit Pirmentayev edi.
“2024 yil 26 iyun kuni soat taxminan 13:00 larda men, Maqsud Nazarov va Aqjigit Pirmentayev 329-sonli xizmat xonasida işlab ötirganimizda Ötkir Umrqulov va Jalol Xayrullayev xonaga kirib keldi. Ular M.Q.ni topib, Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasiga olib keliş kerakligini aytgan holda yaşaş manzilini berişdi.
Uçalamiz körsatilgan manzil, ya’ni Mirobod tumanidagi “Oybek” metro bekati oldiga bordik. Ammo M.Q.ning uyini qidirib, topa olmasdan ortga qaytayotganimizda, öşa yerdagi kafeda uni körib qoldik. Telefoniga suratga olib, Telegram orqali Ötkir Umrqulovga yubordik va u aytgan şaxs şu yoki boşqa ekanini söradik. Ötkir Umrqulov aytgan şaxs xuddi şu ekanini ma’lum qildi. Biz M.Q.ni uşlab, Toşkent şahar IIBB binosiga, 329-xonaga olib bordik. Şunda Ötkir Umrqulov va Jalol Xayrullayev kirib kelib, M.Q.ni özlari bilan 328-xonaga olib kirib ketişdi. Ular nimani gaplaşganini eşitmadim”.
328-xonadagi suhbat
Ötkir Umrqulov hamda Jalol Xayrullayev Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş bölimining öta muhim işlar böyiça tezkor xodimi lavozimida işlagan. Ikkisi ham 1989 yilda tuğilgan. 38 yoşli Anvar Pölatov esa şu bölimning katta tezkor xodimi bölgan.
Mavzuga oid
M.Q. 328-xonaga olib kirilgaç, Ötkir Umrqulov va Anvar Pölatov uni söroqqa tuta boşlaydi. Ötkir Umrqulov “Nima sababdan bu yerga olib kelinganingmi bilasanmi?” deya söraydi. Heç narsaga tuşunmayotgan M.Q. bilmasligini aytadi. Şunda Ötkir Umrqulov unga tarsaki tuşiradi. Anvar Pölatov esa uning telefonini tekşirib, parolini aytişni buyuradi. Biroq M.Q. telefon parolini aytmaydi va Ötkir Umrqulov unga navbatdagi tarsakini tuşiradi.
Taxminan 20 daqiqadan söng xonaga Jalol Xayrullayev kirib keladi. U M.Q.ga agar öz aybiga iqror bölsa, javobgarlik yengillaşişini ta’kidlaydi. “Qaysi aybimga iqror bölay? Özi gap nima haqida ketmoqda?” deya söraydi yigit. Şunda “oper”lar M.Q.ga tanişi Sarvar hamda jiyani Xuşnudning suratlarini körsatib, “endi tuşundingmi gap nima haqda ketayotganiga?” deydi. M. tuşunmaganini aytadi. Şundan söng uning qöliga qoğoz va ruçka tutqizişib, şu paytgaça nima iş qilganini birma-bir yozişni talab qiladi.
Mutaxassisligi dasturçi bölgan M.Q. 2018 yildan buyon öz sohasida qilgan işlarni yoza boşlaydi. Uning yozayotganlarini öqib turgan Ötkir Umrqulov “böladigan gap va işni” yozişni talab qiladi. Yigit şunda “Özi mendan nima xohlayapsizlar?” deya söraydi. Jalol Xayrullayev unga javoban eng katta topgan puling va bajargan loyihangni ayt, deydi. M. avvalroq tanişi Sarvar bilan çet el loyihasi ustida işlaganini, loyiha tugaganidan söng uning elektron hamyonida taxminan 3000 moneroga teng kriptovaluta bölganini bildiradi. Xayrullayev loyiha buyurtmaçisi kimligiga qiziqib, bu aslida Özbekiston bilan boğliq loyihaligini ta’kidlaydi.
“Unga javoban bu loyiha çet elniki bölganini, loyiha boşida menga VPN orqali ulaniş uçun kalit sertifikat berilganini, bu orqali xorij kompaniyasi bölgan buyurtmaçining IP manzilidagi tarmoğiga ulanib, içki tarmoqdagi veb-servisini tekşirganimni aytdim. Bu loyihani bajarişni Sarvar olgan bölib, uning bir qismini menga bergandi. Buning uçun Sarvar menga taxminan 1000 monero kriptovaluta tuşirib bergan.
Jalol Xayrullayev va Ötkir Umrqulov menga işonmasdan, Özbekistonga tegişli taşkilotni buzganimni, qilmagan aybimga iqror bölişimni aytişdi. Bundan taşqari, Toşkent şahrida bir odamni öldiriş narxi 2 ming dollar ekanini aytib, meni qörqita boşladi. Pulni joyiga qöymasam qamoqqa olişlarini, agar qamalib ketsam ota-onamni uyini sotib bölsa ham tölaşga majbur qilişlarini bildirişdi”, degan M.Q. suddagi körsatmasida.
Şundan söng Ötkir Umrqulov yigitdan özi işongan “kattaroq” tanişi bor yoki yöqligini söraydi. M. Javlon Ahmedov ismli tanişi borligini aytadi. Ötkir Umrqulov Javlon Ahmedovga qönğiroq qilib, uni çaqiradi. Javlon Ahmedov soat 20:30 larda keladi. Tezkor xodimlar ularni yolğiz qoldirib, xonadan çiqib ketişadi. Javlon M.ga agar elektron hamyonidagi 3 ming monero kriptovalutani bersa, IIB xodimlari bilan gaplaşib, uni javobgarlikka tortmasdan olib çiqib ketişni aytadi. M. uni qamoqqa olişlaridan qörqib, bunga rozi böladi.
“Ov” rejasi
Aslida M.Q. tanişim deb çaqirgan Javlon Ahmedov tezkor xodim Ötkir Umrqulovning ham tanişi edi. U tezkor xodimga 2018-2019 yillarda dasturçi M.Q. bilan tanişib qolganini aytadi. “Elektron hamyonida juda köp miqdordagi pul saqlanadi, u kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda ayirboşlaş bilan şuğullanadi”, deydi u Ötkir Umrqulovga.
Tezkor xodimlar Ötkir Umrqulov, Jalol Xayrullayev va Anvar Pölatov, şuningdek, Javlon Ahmedov jinoiy til biriktirib, M.Q.ning elektron hamyonidagi katta miqdordagi pulni özlaştirişni maqsad qilişgan, yuqoridagi işlarning barçasi şundan keyin boşlangandi.
“Oper”larga ötgan pul
328-xonadagi suhbatdan söng “oper”lar M.dan tanişi J.E.ni sörab qönğiroq qiliş orqali qayerdaligini bilişni talab qilişadi. U J.ga qönğiroq qilib, Yakkasaroy tumanidagi ofisda ekanini biladi. Jalol Xayrullayev, Ötkir Umrqulov va Maqsud Nazarov, ularning ortidan yana bir maşinada boşqa tezkor xodimlar J.ning ofisiga qarab yölga çiqadi.
Yölda ketayotgan vaqtida Ötkir Umrqulov kim bilandir gaplaşib, undan Tether USDT manziliga tuşirib bera oliş yoki olmasligini söraydi. U tuşirib bera olişini aytadi. Söngra Jalol Xayrullayev M.ga Telegram orqali anonim akkauntdan Tether USDT manzilini jönatadi. M.Q. balansidagi turli xil kriptovalutalarni sotib, ularni Tether USDTʼga konvertatsiya qiladi va Xayrullayev jönatgan manzilga kunning oxirigaça bölib-bölib ötkazadi.
M.Q. Jalol Xayrullayev jönatgan manzilga jami 233 ming dollarga teng kriptovaluta ötkazib bergan. Şundan 13 ming dollarga teng kriptovaluta J.ga tegişli bölgan.
Ofisga yetib borgaç, M. tezkor xodimlarning talabi bilan J.ga qönğiroq qilib, eşikni oçişni söraydi. J. eşikni oçgan vaqtida uni ham uşlab, Toşkent şahar IIBBga olib ketişadi.
“Dubinkaga ötqazib, 5 daqiqada gapirtiraman”
Toşkent şahar IIBBga olib kelingan J. va M. yana söroq qilina boşlaydi.
“J.ni Jalol Xayrullayev kuç işlatib, söroq qila boşladi. J. advokat talab qildi. Bunga javoban Jalol Xayrullayev Özbekistonda demokratiya yöqligini, advokati unga yordam bera olmasligini aytdi. Şu vaqtda ularning boşliği Sardor Nabiyev xonaga kirib keldi va taxminan 5 daqiqadan keyin çiqib ketdi. Telefon parolini aytmagani uçun J.ni qiynaşdi. Parolni aytganidan söng uning elektron hamyonini tekşirib körişib, oxirgi loyiha böyiça Sarvardan qança pul olganini söraşdi. J. 20 ming dollarga teng kriptovaluta olganini aytdi.
Şu kriptovalutani ularga topşirişini talab qilişdi. J.ni va meni qölimizga kişan solgan holda qamaşlarini aytib, qörqitişdi. Bizdan tinmay qaysi taşkilotdan internet orqali pul öğirlaganimizni söraşardi. Biz heç qaysi taşkilotdan pul öğirlamaganimizni aytdik. Şunda Serikbay Kulanov dubinkaga ötqazib, 5 daqiqada gapirtirişini bildirdi. Qöllarimizga kişan solingan holda taxminan 1 soat tik turdik”, degan M.Q. körsatmasida.
Söngra Ötkir Umrqulov M.dan “internet tarmoğida buzğunçilik qilib topgan 3 ming monero kriptovalutani öz xohişi bilan topşiriş va bunday jinoyatni boşqa qilmaslik” haqida tilxat yozdirib oladi. Şundan keyin yigitlarning qölidagi kişanni yeçib, Javlon Ahmedovga qönğiroq qiladi va ularni olib ketişini aytadi.
IIB xodimlari M. va J. ni taşqariga olib çiqib, Javlon Ahmedovga uçraştiradi hamda ertasi kuni kelişni buyuradi. Yigitlar ertasiga yana Toşkent şahar IIBBga borişadi. Ötkir Umrqulov va Jalol Xayrullayev ular bilan gaplaşib, bölgan voqealarni heç kimga aytmasligini ma’lum qiladi.
M.Q. içki işlar binosidan çiqqaç, yillar davomida topgan pullari noqonuniy olib qöyilganini tuşunib yetadi. Söngra holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatiga murojaat qiladi.
Taqsimlangan 233 ming dollar
Ikki yigitdan olingan 233 ming dollarga teng kriptovalutalar aslida Javlon Ahmedovning kripto hamyoniga ötkazilgandi. 2024 yil 27 iyun kuni Javlon Ahmedov uşbu kriptoaktivlarni naqdlaştiradi. Bu işda yordamlaşgan ikki şaxsning har biriga xizmati uçun 2 300 dollardan beradi. Söng 75 ming 80 dollarni öziga olib, 150 ming dollarni Ötkir Umrqulovga taqdim qiladi. Öz navbatida, Ötkir Umrqulov Jalol Xayrullayev va Anvar Pölatov bilan uçraşib, har biri 43 ming dollardan bölib oladi. Ular “reja”da qatnaşgan boşqalarga 150 ming emas, 60 ming dollar qölga kiritilganini aytadi. Şu tariqa, bölim boşliği Sardor Nabiyevga 10 ming dollar, bölim katta tezkor vakili Kamoliddin Beknazarov, bölim kiçik tezkor vakillari Serikbay Kulanov, Maqsud Nazarov va Aqjigit Pirmentayevning har biriga 2 ming dollardan taqsimlab berişgan.
“Oper”larning uyidan nimalar topilgan?
2024 yil 4 iyul kuni DXX Toşkent şahar boşqarmasiga qilingan murojaat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş bölimi xizmat xonalari hamda uşbu bölim tezkor xodimlarining yaşaş xonadonlarida keçiktirib bölmas hollarda tintuv harakatlari ötkazilgan.
Anvar Pölatovning yaşaş xonadonidan 45 ming dollar pul va internet dökonlar orqali sotib olingan 4,2 gramm marixuana, 25,8 gramm gaşiş hamda 3,3 gramm mefedron giyohvand vositalari topilgan.
Tezkor tadbir davomida Sardor Nabiyev jinoiy yöl bilan qölga kiritgan 10 ming, Maqsud Nazarov, Serikbay Kulanov va Aqjigit Pirmentayevning har biri 2 ming dollardan pul mablağini ixtiyoriy ravişda taqdim qilgan. Dastlabki tergov davomida olingan jami 170 127 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlari jinoyat işi böyiça aşyoviy dalil deb e’tirof etilgan.
“Aybimga iqror emasman”
Sud hukmida keltirilişiça, tezkor xodimlarning heç biri aybiga iqrorlik bildirmagan. Xususan, Ötkir Umrqulov öz körsatmasida dastlabki tergov jarayonida ularga nisbatan tazyiq ötkazilgani sababli uşbu pullarni olgani haqida körsatuv berganini bildirgan.
“Javlon Ahmedov IT yönalişida işlovçi Ali ismli şaxs borligini, katta taşkilotlar va korxonalarning xavfsizlik tizimini buzib kirib, ularning hisobraqamidagi pullarini özlaştirganini aytdi. U tomondan berilgan ma’lumotlarga qiziqib, uşbu şaxs töğrisida ma’lumot töplay boşladim. Jarayonda u M.Q. ekanini bildim.
M.Q. bizga kripto hamyonidagi pullarni ötkazib bermagan. Javlon Ahmedov maşinasida menga 150 ming dollar berganini tan olmayman, men heç kimdan pul olmaganman. Yaşaş xonadonimdan 56 300 AQŞ dollari aşyoviy dalil tariqasida olingan bölib, 43 000 dollardan taşqari pullarning jinoyatga umuman aloqasi yöq”, degan Ötkir Umrqulov öz körsatmasida.
Javlon Ahmedov esa sudda aybiga qisman iqror bölgan.
“2024 yil 26 iyun kuni özimning kripto hamyonim hisobraqamini Ötkir Umrqulovga Telegram orqali yubordim. Şunda menga M.Q.ning kripto hamyonidan jami bölib 232 ming USDT bölib-bölib taşlab berildi. Taxminan 2 kun ötib, Ragif ismli tanişimdan kriptovalutalarini naqdlaştirişda yordam söradim. U menga Saşa ismli tanişini topib berdi. Şu kunning özida Oybek metro bekati oldidagi kafeda men, Saşa va Ragif körişdik. Saşa menga 222 ming dollar berdi. U naqdlaştirib bergani uçun 5-6 foiz xizmat haqi olib qoldi.
Söngra Ragif bilan uning ofisiga borib, yordam bergani uçun 2 300 dollar berdim. Pullarni naqdlaştirib olganimdan söng 70 ming dollarni özimga, 150 ming dollarni şu kunning özida Ötkir Umrqulovga Yaşnobod tumanida joylaşgan uyi oldiga olib borib berdim”, degan u suddagi körsatmasida.
Jazo
Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tuman sudining 2025 yil 27 maydagi hukmi bilan sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybli deb topilib, quyidagiça jinoiy jazoga tortildi:
Ötkir Umrqulov, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda tovlamaçilik) hamda 206-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
Jalol Xayrullayev, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
Anvar Pölatov, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) 1-qismi hamda 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş (unga jazoni ötaş davrida giyohvandlikdan davolaniş böyiça tibbiy yösindagi majburlov çorasi qöllaş ham belgilangan);
Serikbay Kulanov, Jinoyat kodeksining 28,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
Javlon Ahmedov, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
Sardor Nabiyev, Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş;
Kamoliddin Beknazarov, Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (tayyorgarlik körilayotgan yoki sodir etilgan oğir yoki öta oğir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik) bilan qamoqda saqlangan kunlarini çegirib qolingan holda 2 yil 1 oy 6 kun muddatga ozodlikni çeklaş;
Maqsud Nazarov, Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi bilan qamoqda saqlangan kunlarini çegirib qolingan holda 2 yil 1 oy 6 kun muddatga ozodlikni çeklaş;
Aqjigit Pirmentayev, Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi bilan qamoqda saqlangan kunlarini çegirib qolingan holda 2 yil 1 oy 6 kun muddatga ozodlikni çeklaş.
Şuningdek, tezkor xodimlarning barçasi 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida, ya’ni içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan.
Aşyoviy dalil deb e’tirof etilgan 170 127 AQŞ dollari davlat hisobiga ötkazilgan. Şuningdek, Ötkir Umrqulov, Jalol Xayrullayev, Anvar Pölatov, Serikbay Kulanov va Javlon Ahmedovdan solidar tartibda 60 873 dollar pul mablaği davlat foydasiga undirilişi belgilangan.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 16 sentabrdagi ajrimi hamda şu sud taftiş instansiyasining 2025 yil 30 oktyabrdagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgarişsiz qoldirilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi