Jahon | 23:15 / 18.11.2025
7084
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina AQSh tomonidan yetkazilgan ATACMS raketalari bilan Rossiyadagi nishonlarga zarba berdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiyaning qaysi obektlari nishonga olinganiga aniqlik kiritmadi.

Ukraina harbiylari 18 noyabr kuni AQSh tomonidan yetkazib berilgan ATACMS raketalari bilan Rossiyadagi harbiy obektlarga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabar qildi.

Xabarda Rossiyaning qaysi obektlari nishonga olinganiga aniqlik kiritilmagan.

«Uzoq masofaga zarba berish vositalaridan, jumladan ATACMS kabi tizimlardan foydalanish davom ettiriladi», deyiladi bayonotda.

Ukraina ilgari AQSh tomonidan yetkazib berilgan ilg‘or ballistik raketa tizimlarini Rossiya hududidagi nishonlarga ishlatishi haqida ochiq e’lon qilmagan, garchi bunga cheklov bir yil oldin ketayotgan Bayden ma’muriyati tomonidan olib tashlangan bo‘lsa ham.

Kiyev bu tizimlarni 2023 yilda olgan, biroq dastlab ulardan foydalanish faqat o‘z hududlari bilan cheklangan edi. Shu paytda AQSh prezidenti lavozimida ishlagan Jo Bayden 2024 yil noyabr oyida ushbu cheklovlarni bekor qildi, bu dastlab uning vorisi Donald Tramp tomonidan tanqidga uchradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid