Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvan bo‘yicha bayonot tufayli Yaponiyaga «keskin choralar» bilan tahdid qildi
Tayvan masalasi ikki davlat o‘rtasida diplomatik mojaro keltirib chiqardi va u tobora avj olmoqda.
Foto: Reuters
Agar Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi Tayvan haqidagi «noto‘g‘ri fikrlardan» voz kechmasa va «noto‘g‘ri yo‘nalishda davom etsa», Xitoy «keyingi choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi». Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning ma’lum qildi.
19 noyabrda bo‘lib o‘tgan kundalik brifingda nutq so‘zlagan Mao Ning Yaponiya mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning «siyosiy asosini» himoya qilish uchun aniq choralar ko‘rishi kerakligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Takaichi so‘zlari Xitoy va Yaponiya munosabatlariga «tubdan putur yetkazgan». Shuningdek, TIV agar Tokio «xato qilishda davom etsa», Xitoy «qat’iy va keskin» choralar ko‘rishini ta’kidladi.
Xitoylik diplomat, shuningdek, Yaponiya dengiz mahsulotlarini Xitoyga olib kirishga qo‘yilgan taqiqqa izoh berdi.
«Hozirgi sharoitda Yaponiya dengiz mahsulotlarining Xitoyga eksporti saqlanib qolgan taqdirda ham bozor topa olmaydi», deb tushuntirdi Mao Ning.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakilining bayonoti Yaponiya bosh vaziri Takaichi 7 noyabr kuni parlamentda nutq so‘zlab, Xitoyning Tayvanga ehtimoliy hujumiga harbiy javobni istisno qilmaganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi davom etayotgan bir paytda yangradi. Bu bayonot Pekinning g‘azabini keltirdi va u bu pozitsiyadan voz kechishni talab qildi. Xitoy hukumati o‘z fuqarolariga Yaponiyaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qildi.
Takaichi o‘z so‘zidan qaytmadi va uning pozitsiyasi «hukumatning an’anaviy pozitsiyasiga mos kelishini» ta’kidladi. Bosh vazir Yaponiyaning yadro qurolidan voz kechish tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025