Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini hafta oxiriga qadar taqdim etishi mumkin
Politico nashri yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishga qaratilgan AQSh tinchlik rejasi barcha tomonlar tomonidan noyabr oyi oxirigacha, hatto «shu haftaning o‘zidayoq» kelishib olinishi mumkin.
Vashington Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga barham berishga qaratilgan, amerikalik rasmiylar ta’rifiga ko‘ra, urushni tugatishi kerak bo‘lgan tinchlik kelishuvini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Politico nashrining Oq uydagi muxbiri Dasha Berns chorshanba, 19 noyabr kuni xabar berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali bir vakili unga bildirishicha, barcha tomonlarning kelishuvni ma’qullashi oy oxirigacha, ehtimol «allaqachon shu haftadayoq» kutilmoqda.
Politico AQSh armiyasi vaziri Den Driskollning kutilmagan holda Kiyevga kelganini eslatadi. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi kerak edi. Keyin Zelenskiy Anqaraga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazish uchun uchib ketdi. Shu bilan birga, Axios portali xabar berishicha, AQSh va Rossiya Ukraina bo‘yicha 28 banddan iborat maxfiy tinchlik rejasi ustida ish olib bormoqda. Ushbu hujjatni muhokama qilish uchun Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev oktyabr oxirida Mayamiga kelgan.
Tramp ma’muriyatidagi rasmiylar Politico nashriga ular «jiddiy o‘zgarish arafasida» ekanini bildirgan.
Shu bilan birga, Politico ta’kidlashicha, Ukraina, ehtimol, tinchlik rejasini ishlab chiqish jarayonida bevosita ishtirok etmagan — xuddi AQShning Yevropadagi ittifoqchilari kabi. Hozircha hujjat eng og‘riqli masalalar bo‘yicha — Rossiya tomonidan Ukraina hududlarining bosib olinishi, ukrain bolalarining o‘g‘irlanishi va Ukraina uchun kelgusi xavfsizlik kafolatlari masalasida qanday yechimlarni taklif qilayotgani ham aniq emas.
Dasha Berns yozishicha, Oq uy tinchlik bitimini Zelenskiyga allaqachon hal qilingan masala sifatida taqdim etishni rejalashtirmoqda. «Biz Ukrainaga taklif qilmoqchi bo‘lgan narsa — mantiqan puxta va o‘rinli», — deya iqtibos keltiradi u prezident ma’muriyatidagi suhbatdoshidan. Ma’muriyatga ko‘ra, frontdagi og‘ir vaziyat va korrupsiya mojarosi bosimi ostida Zelenskiy taklif etilayotgan shartlarni qabul qilishga majbur bo‘ladi, deb yozadi Politico.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026