Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Ukraina Rossiyaga yer berish evaziga AQShdan xavfsizlik kafolati olishi mumkin
Ukraina AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan yangi tinchlik rejasi doirasida Rossiyaga yon bosishi talab qilinyapti. Bu haqda payshanba, 20 noyabr kuni AFP agentligi xabar berdi.
Foto: Ukraine Presidency/Bestimage/IMAGO
Bundan avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oq uy rejasini muhokama qilishga rozilik bildirgan edi. Mazkur hujjatga ko‘ra, boshqa shartlar qatorida, Ukraina AQShning xavfsizlik kafolatlari evaziga o‘z hududining bir qismidan voz kechishi kerak bo‘ladi.
Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko 21 noyabr kechqurun o‘zining Telegram-kanalida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash bo‘yicha Tramp rejasi, deb taxmin qilinayotgan hujjat suratlarini e’lon qildi. AQSh hozircha bu hujjatning haqiqiyligini tasdiqlagani yo‘q.
Goncharenko e’lon qilgan reja 28 banddan iborat bo‘lib, unda hududiy masalalar, Ukraina suvereniteti, NATO bilan harbiy hamkorlik, Rossiyaning jahon iqtisodiyotidagi maqomi va boshqa masalalar qamrab olingan.
Rejaning ikkinchi bandida aytilishicha, Ukraina, Rossiya va YeI «hamma tomonlama hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim» imzolaydi, shu bilan oxirgi 30 yildagi barcha bahsli masalalar hal etilgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, Qrim yarimoroli, Donetsk va Luxansk viloyatlari amalda Rossiya hududi, deb e’tirof etilishi lozim. Xerson va Zaporijjya viloyatlari esa frontning hozirgi chizig‘i bo‘ylab Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘linib chiqiladi. Ikkala davlat kelgusida chegaralarni kuch bilan o‘zgartirmaslik majburiyatini oladi. NATO qo‘shinlari Ukraina hududiga joylashtirilmasligi kerak.
Tramp rejasi deb taxmin qilinayotgan hujjatga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ukrainani tiklashni moliyalashtirishi lozim. Shu maqsad uchun Rossiya Federatsiyasiga tegishli muzlatilgan 100 mlrd dollar aktiv ham yo‘naltiriladi.
Shu bilan bir vaqtda, hujjatga ko‘ra, Rossiyaga nisbatan qo‘llangan xalqaro sanksiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi, Moskva va Vashington esa uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolaydi.
Shuningdek, Trampning ehtimoliy rejasi tinchlik kelishuvi imzolanganidan so‘ng darhol otashkesim e’lon qilishni va «hammani hammaga almashish» formatida harbiy asirlarni almashishni nazarda tutadi. Kelishuvga rioya etilishi ustidan nazoratni esa Donald Tramp rahbarligidagi «tinchlik kengashi» amalga oshiradi.
Mavzuga oid
16:15
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10
AQSh NATOdagi majburiyatlarning asosiy qismini Yevropaga o‘tkazmoqchi
14:42