Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Tramp bilan Ukraina uchun AQShning «tinchlik rejasi»ni muhokama qildi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishga qaratilgan, AQSh tomonidan taklif etilgan reja yuzasidan AQSh prezidenti bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Fridrix Mers keyingi qadamlar haqida Yevropa sheriklarini xabardor qiladi. Bu haqda Germaniya hukumati ma’lum qildi.
Foto: REUTERS
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish bo‘yicha AQSh tomonidan taklif etilgan rejani muhokama qilish uchun AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda juma kuni, 21 noyabrda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shtefan Kornelius xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon suhbati «ishonchli va konstruktiv» ruhda o‘tgan, tomonlar maslahatchilar darajasidagi «keyingi qadamlar» yuzasidan kelishib olgan. Endi Mers bu haqda Yevropa sheriklarini xabardor qiladi.
Mers NATO bo‘yicha AQShning ilk yevropalik ittifoqchisi sifatida Tramp bilan 28 banddan iborat Amerika «tinchlik rejasi»ni muhokama qildi, deya ta’kidlaydi dpa agentligi. Ularning suhbati taxminan 15 daqiqa davom etgan.
Dpa’ning Germaniya hukumatidagi manbalariga ko‘ra, hozir yevropalik ittifoqchilar o‘zlarining «vositachilik hujjati» ustida ishlayapti, u hali kelishuv bosqichida. «Katta yigirmalik» (G20) sammiti doirasida, 22–23 noyabr kunlari Yoxannesburgda keyingi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda Mersdan tashqari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38