Qozoğistonda odamlarni ularning ruxsatisiz rasm va videoga oliş taqiqlanmoqda. Qirğizistonda maktab öqituvçilari farroşlardan ham kam maoş olayotganidan norozi böldi. Turkmaniston armiyasida muddatli harbiy xizmatni ötagan yigitlar armiyadagi oş-ovqatning sifatsizligidan nolidi. Tojikistonda 25 yillik jinoyat oçilmoqda, 2000 yil kursdoşini otib taşlagan jinoyatçi qölga olindi. Oxirgi 1 oyda «Tolibon» muvaqqat hukumatidan ikkinçi vazir Hindistonga bordi, Pokiston esa çegarada operatsiya ötkazdi. 

Qozoğistonda odamlarni ruxsatsiz rasmga oliş taqiqlanadi 

Endi Qozoğistonda ham köça-köyda xohlagan odamini rasm va videoga olganlar jazoga tortilişi mumkin. Çunki Respublika buni qonunçilik bilan çeklamoqçi. Bilasiz, köplab rivojlangan davlatlarda odamlarni ularning ruxsatisiz rasm va videolarga oliş mumkin emas. Bizning köçalarda esa buni heç kim taqiqlamaydi. Qöşni davlat Qozoğiston ham bu amaliyotni joriy qilmoqda. Madaniyat vazirligi qozoq mediasiga tuşuntirarkan, buni taqiq deb emas, balki şaxs daxlsizligi bilan boğladi. 

Senatda Qozoğiston Madaniyat vaziri Aida Balayeva bilan körişgan jurnalistlar undan nega aynan bu norma joriy qilinayotganini söraşdi. Çunki yangilik OAV qonuniga özgartiriş kiritiş bilan amalga oşiriladi. Bunga javob bergan vazir Balayevaga köra, jarayon yakunlanmagan, lekin ortga qaytilmaydi. Uning aytişiça, bu çeklovga turli bloger va köçada prankçilar sabab bölgan. Ya’ni qöpol hazillar qilib, bunday videolarni bemalol tarmoqqa joylaydiganlar ortidan norozilik köpaygan. 

"Biz heç narsani taqiqlamoqçi emasmiz. Biz odamlarni deyarli hamma joyda ruxsatsiz suratga oliş amaliyotini çeklamoqçimiz. Albatta, amaldorlar, davlat xizmatçilari öz vazifalarini bajarayotganlar bor - biz bunga allaqaçon könikib qolganmiz. Lekin hazil-mutoyiba ham bor, ayrim şaxslarning ruxsatisiz olib boriladigan alohida suratga olişlar bor. Şuning uçun, tabiiyki, reglamentni körib çiqamiz. Unda çegaralar aniq belgilanadi, tuşunişimiz uçun - kimni suratga oliş mumkin, kimni va qanday qilib suratga oliş mumkin emas, şular aniq körsatiladi, deydi vazir Aida Balayeva. 

Rasmlar va videolarni odamlarning roziligisiz e’lon qiliş taqiqlanadi.

Maqsad faqat kadrga oliş bölsa, odamlarning ruxsati bilan olaverişsa böladi. Çunki oxirgi paytda Qozoğiston fuqarolari özlarining rasmlari ruxsatsiz hamma yoqda e’lon qilinayotganidan norozi bölib, şikoyat qiliş hollari köpaygan, deya qöşimça qiladi hukumat a’zosi. U davlat amaldorlari har yerda rasmga olişlariga könikkani, lekin oddiy aholining bunga toqati yöqligini ham aytgan.