Taqiqlangan uç OAV, öldirilgan sobiq maslahatçi va turkman itiga maşina – Markaziy Osiyo hafta içida
|19:50 / 02.11.202510 18712 min
Qozoğiston prezidentining sobiq maslahatçisi muştlaşib, halok böldi. Endi itning ham maşinasi bor, Turkmanistonda prezident itga maşina sovğa qildi. Qirğiziston 2,5 yil içida elektr importini butunlay töxtatmoqçi. Pokiston armiyasi «Tolibon» rahbari örinbosarini öldirdi. Qirğizistonda 3 ta OAV ekstremistik deb topildi. Finlandiya prezidenti Qozoğistondan Özbekistonga yölovçi samolyotida kelib, keng muhokama uyğotdi. Tojikistonda öquvçisini urgan öqituvçi masalasi xalqaro darajada muhokama qilinmoqda.
Sobiq prezident maslahatçisi halok böldi
Qozoğiston prezidentining sobiq maslahatçisi Yerjan Babakumarov Ostonada tanişi bilan muştlaşuv vaqtida halok böldi. Bu haqda politsiyaga tayanib mahalliy naşrlar, jumladan, Orda.kz xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 56 yoşli Babakumarov özining 36 yoşli erkak tanişi bilan janjallaşib qolgan.
“Nizo muştlaşuvga aylanib ketgan. Oqibatda 56 yoşli prezident sobiq maslahatçisi yaşab qolişi uçun mos kelmaydigan tan jarohatlari olgan va halok bölgan. Qotillik böyiça jinoiy iş qözğatildi”, deyiladi politsiya xabarida.
Ta’kidlanişiça, gumonlanuvçi qölga olinib, vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga joylaştirilgan. Babakumarov 1969 yil 2 martda Taldiqörğon, hozirgi Olmaota viloyati tarkibiga kiruvçi hududda tuğilgan. 1991 yilda Al-Forobiy nomidagi Qozoğiston davlat universitetini siyosiy tarix öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
U davlat tuzilmalarida 1996 yildan beri işlab kelayotgan edi. Dastlab Olmaota ma’muriyatida, keyin birinçi prezident Nursulton Nazarboyev ma’muriyatida, mamlakat Madaniyat vazirligida, boş vazir devonida faoliyat yuritgan. Töqayev 2019 yil mart oyida prezident bölganida, Babakumarov aprel oyida uning maslahatçisi lavozimini egallagan, biroq iyul oyida lavozimini tark etgan edi.
Şundan söng 2022 yil fevraligaça Olmaota hokimi örinbosari bölgan, ya’ni öşa yilning yanvar oyida şaharni qamrab olgan tartibsizliklardan söng bu lavozimidan ham ketgan. Orda.kzʼning qayd etişiça, şundan söng u omma e’tiboridan uzoqlaşgan. Babakumarovning xotini, bir öğli va bir qizi bor.
Mavzuga oid
Qirğizistonda uçta OAV faoliyati taqiqlandi
Bişkek şahrining Oktyabr tuman sudi Temirov live, Kloop.kg va “Ayt Ayt Dese” medialoyihalarining axborot materiallarini ekstremistik deb topdi.
Sud ularning faoliyatini, resurslarini va internet sahifalariga kirişni taqiqladi. Aynan qaysi materiallar ekstremistik deb topilgani ma’lum qilinmagan.
“Bu navbatdagi repressiya nafaqat bizga, balki butun mamlakatga zarba beradi, Qirğiziston obrösiga putur yetkazadi va köplab aybsiz odamlarni jinoiy javobgarlikka tortadi”, dedi Kloop hammuassisi Rinat Tuxvatşin özining Telegram-kanalida.
U naşr sud qarori ustidan şikoyat qiliş niyatida ekanini va faoliyatini davom ettirişini qöşimça qildi. Tuxvatşinning aytişiça, uning naşri iş haqida xabardor qilinmagan va qaror töğrisida ijtimoiy tarmoqlardan bilib olgan.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov şu yilning avgust oyida ommaviy axborot vositalari töğrisidagi qonunni imzoladi, unga köra barça ommaviy axborot vositalari, şu jumladan, onlayn platformalar davlat röyxatidan ötişi şart. Huquq himoyaçilari öşanda qonun söz erkinligini çeklaş uçun işlatilişi mumkinligini aytib, xavotirlangan edi.
Kloop va Temirov live amaldorlar orasidagi korrupsiya, mamlakatdan pul çiqariş sxemalari va Rossiya kompaniyalarining Qirğiziston firmalari orqali sanksiyalarni çetlab ötişi haqidagi suriştiruvlari bilan xalqqa tanilgan edi.
Turkmaniston prezidenti itga maşina sovğa qildi
Endi itning ham maşinasi bor. Turkmanistonni yorituvçi qator medialar sönggi kunlarda ana şunday sarlavhali xabarlarni e’lon qildi. Çunki Turkmaniston prezidenti alabay zotli itga xorijda işlab çiqarilgan maşina sovğa qildi.
Ötgan hafta davlatda alabay zotli itning milliy bayramiga bağişlangan marosim ötkazilgan. Unda qatnaşgan prezident Serdar Berdimuhammedov qiziq qarorini ommaga e’lon qilgan. Ya’ni prezidentning özi “Yilning eng jasur Alabayi” deb tan olingan it egasiga Toyota Camry avtomobili kalitini topşirgan. An’anaga köra, sovğa egasiga yengil kelişi uçun avtomobil böylab un sepilgan, isiriq tutatilgan. Maşinaning ruliga esa himoya zanjirlari osilgan.
Bu yangilikni esa qator naşrlar “Xarob bölgan maşina” yoki “Toyota xor böldi” kabi sarlavhalar bilan e’lon qildi.
Pokiston armiyasi «Tolibon» rahbari örinbosarini öldirdi
«Tolibon» rahbariyatining asosiy vakillaridan biri, harakat rahbari örinbosari Amjad Xayber-Paxtunxvada Pokiston armiyasi operatsiyasi doirasida yöq qilingani aytilmoqda. Pokiston armiyasining şu hafta payşanba kuni ma’lum qilişiça, «Tolibon» rahbari örinbosari, ikkinçi qömondon Amjad Pokiston-Afğoniston çegarasi orqali noqonuniy ravişda ötayotgan bir paytda qolgan jangarilar bilan birga öldirilgan.
Pokiston armiyasining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimiga köra, ular çorşanba kuni keçqurun Bajaur tumanida xavfsizlik kuçlari tomonidan otib öldirilgan, ularning Pokiston hududiga ötişiga qarşilik qilindi, deydi armiya.
Amjaddan taşqari yana 3 jangari öldirilgani aytilgan. Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif bu iş töğriligini tasdiqlab, uning davlati bundan buyon begunoh fuqarolarga qarşi har qanday omillar bilan kuraşişini aytgan.
Biroq ikkinçi qömondonning öldirilgani haqidagi ba’zi xabarlar internetdan öçib ketdi. Faqat Hindiston va Pokiston mediasi bu haqida yozmoqda.
Eslatib ötamiz, Afğoniston va Pokiston delegatsiyalari sönggi töqnaşuvlardan keyin Istanbulda muzokaralar ötkazmoqda. Ular tinçlik kelişuviga erişiş uçun 4 marta körişdi, yana muloqot qilişga qaror qilgan.
Ma’lum qilinişiça, navbatdagi bosqiç 6 noyabr kuni Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Pokiston taşqi işlar vazirligiga köra, Islomobod uşbu uçraşuvdan ijobiy natija kutmoqda.
Dastlab, muzokaralar ikki kun davom etişi kerak edi, biroq jarayon tört kunga çözilgan va yakunda tomonlar öt oçişni töxtatiş sulh kelişuvini uzaytirişga kelişib olgan. Turkiya Taşqi işlar vazirligi ham Pokiston va «Tolibon» sulhni davom ettiriş böyiça umumiy kelişuvga erişganini tasdiqladi.
Qirğiziston elektr importidan voz keçadi
Qirğiziston haqida yana bir xabar, davlat 2,5 yil içida elektr energiyasi importini butunlay töxtatmoqda. Prezident Sadir Japarov bunga va’da bermoqda. U 2,5 yildan keyin mamlakat qişda özini elektr energiyasi bilan töliq ta’minlay olişini aytdi. Prezident Jalolobod viloyatidagi Qoraköl GESning oçiliş marosimida nutq sözlagan.
Sadir Japarovning ta’kidlaşiça, GESning işga tuşirilişi mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlaş va milliy iqtisodiyotni rivojlantirişda muhim qadam bölmoqda.
“Biz barqaror energiya ta’minotini yölga qöyamiz va qişki taqçillikni bosqiçma-bosqiç bartaraf etamiz. Qirğiziston 2,5 yildan söng elektr energiyasini import qilişni töxtatadi. Mamlakatimizda işlab çiqarilgan energiya içki ehtiyojlarni töliq qoplaydi”, dedi u.
Prezident GES qurilişi rejadan 5 oy oldin yakunlanganini qayd etdi. Loyiha töliq mahalliy «Jagalmay» kompaniyasi tomonidan milliy resurslar hisobidan amalga oşirilgan. Japarov, şuningdek, hozir Qirğiziston hududida 40 ga yaqin kiçik va örta GES, Qara-Keçe şahrida esa yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilayotganini aytdi.
Eslatib ötamiz, Qirğiziston 2024 yil hisobi bilan 3,6 mlrd kilovatt soat elektr import qilgan. Qöşni davlat tokni asosan Rossiya, Qozoğiston, Özbekiston va Turkmanistondan sotib olmoqda.
Baxtli mamlakatning kamtar prezidenti
Hafta davomida qator Yevropa yetakçilari Markaziy Osiyoda böldi, masalan, Özbekistonga 1 hafta içida 3 ta Yevropa davlati prezidenti keldi. Finlandiyaning diplomat, bankir prezidenti Qozoğiston va Özbekistonda böldi. Şuni aytib ötiş kerakki, Finlandiya prezidenti oradan 33 yil ötib, Özbekistonga rasmiy safar bilan keldi. Uning Ostonadan oddiy yölovçi samolyotida Toşkentga yetib kelişi özbek jamoatçiligi e’tiborini tortdi.
AQŞning Furman, Fransiyaning Sorbonna universitetlarida ta’lim olgan prezident Aleksandr Stubb özining kamtarligi, ijtimoiy tarmoqlarda oçiqligi va odamlarga yaqinligi bilan “selfi prezident” nomini ham olgan. U Toşkentga kelgaç, Diplomatiya universitetida ma’ruza öqidi, fin-özbek biznes forumida qatnaşdi hamda Samarqanddagi YuNESKO boş konferensiyasidan qaytgan Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazdi.
Yakunida esa ikki davlat prezidenti qöşma bayonot imzolagan. Hujjatlarga köra, bundan buyoğiga Finlandiya bilan ta’lim, savdo, foydali qazilmalarni qazib oliş, geologiya, raqamli transformatsiya, ijtimoiy himoya, iqlim özgarişi va ekologiya sohalarida yaqinroq işlanadi. Qozoğistonda esa fin prezidenti Töqayev bilan körişarkan, Qozoğiston prezidenti uning xalqi Finlandiyani sevişini aytgan.
Öqituvçi öquvçisini urdi, mavzu xalqaro darajada muhokamada
Tojikistonda öquvçisini urgan öqituvçi masalasi jamoatçilikning keskin muhokamalariga sabab bölmoqda. Ta’lim vazirligi bu gal öqituvçining yonini olmoqda, iş sudgaça oşirilgan. Mahalliy naşr – Asia Plus Tajikistan’ning yozişiça, sud noyabr oyida ötkaziladi.
Özbekistondagi kabi Tojikistonda ham maktablardagi mojarolar tez-tez omma e’tiboriga tuşadi. Masalan, Levakant şahridagi maktabda öqituvçi 11-sinf öquvçisi Mehmed Bozorovni tepkilagani ortidan unga qarşi iş oçildi. Bu voqea jamoatçilikning keskin muhokamalariga sabab bölgan. Iş yuzasidan Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi öqituvçi tomonda bölmoqda.
"Iş materiallarini berişdi, men uni öqib çiqdim. Voqealarni ortiqça sözlarsiz tuşuntirib berişdi. Pastga imzo qöydim. Xodimlar ham xuşmuomalalik bilan munosabatda bölişdi, menga adolatli munosabatda bölişdi. Işim sudga ötkazilişini aytişdi", - deydi öqituvçi Farhod Nazarov.
Norasmiy ma’lumotlarga köra, Farhod Nazarovga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu modda eng kam oylik iş haqining 700 baravaridan 1000 baravarigaça jarima yoki bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.
Farhod Nazarov esa Asia Plusʼga bunday jarimani tölaşga qodir emasligini aygan.
"Ha, men talabani urganimni tan olaman, lekin bu sababsiz emas edi. Menda jarima tölaş uçun mablağ yöq", - degan öqituvçi.
Ma’lum bölişiça, öquvçi tarbiyasizlik qilgaç, öqituvçi unga şapaloq tuşirgan. Şundan söng öquvçi amakisini maktabga çaqirgan va uning oldida huşidan ketgan, amakisi esa videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatgan. Mehmed Bozorovning holati yuzasidan tibbiy ekspertiza ötkazilganida, u rostanam huşidan ketgani aniqlangan, lekin ta’lim boşqarmasi bitta şapaloq bilan heç narsa bölmaydi, qabilida munosabat bildirgan.
Oktabr oyi davomida bu mavzu xalqaro medialarda ham yoritildi. Intervyu bergan öquvçi miyasi çayqalganini aytgan. Uning ota-onasi darhol ariza yozgan. Tojik jamoatçiligi ikki xil fikrda, öqituvçining obrösini uşlaş tarafida bölganlar ham ança. Eslatib ötamiz, yaqindagina Tojikiston parlamenti prezident topşiriği bilan öqituvçini uluğlovçi qonun qabul qilgandi.