Markaziy Osiyoning beş prezidenti ilk marta Oq uyda sammitga töplandi. Mintaqa liderlari öz nutqida prezident Trampni maqtadi. AQŞ prezidenti Markaziy Osiyodan kelgan hamkasblariga mintaqa – dunyoning kuçli hududlaridan biri dedi. Vaşingtondagi Xalqaro soliq va investitsiya markazi prezidentiga köra, uşbu dialogda katta urğu Qozoğiston va Özbekistonga berilaveradi.
Markaziy Osiyo uçun yakuniga yetayotgan haftada sodir bölgan eng muhim voqea bu şubhasiz Vaşingtondagi sammit böldi. Avvalo, aytib ötiş joizki, buni mintaqaning beş davlati , bu mamlakatlardagi media sammit deb atamoqda. Biroq, AQŞ prezidenti, uning jamoasi, Oq uy hamda Oq uyning protokol rahbari 6 noyabr kuni ötkazilgan siyosiy tadbirni «keça» deya nomladi. Nima bölsa-da, AQŞ prezidenti qarorgohi Oq uyda birinçi marta Markaziy Osiyo prezidentlari S5+1 diplomatik regional formati doirasida qabul qilindi.
Tadbir uçun Oq uyning zallaridan biri tanlangan, Tramp nutqi bilan keçani oçib berarkan, Markaziy Osiyodan kelgan hamkasblarini dunyoning kuçli burçagidan kelganlar, deb atadi. Bundan taşqari u administratsiyasi 8 ta uruşni tugatgani, qilgan ijobiy işlarni aytib maqtandi.
“Afsuski, avvalgi Amerika prezidentlari bu mintaqaga butunlay e’tibor bermagan. Bu aql bovar qilmaydigan mintaqa va aytgança, bu juda boy mintaqa hamdir. Ammo biz bu xatoni tuzatmoqdamiz va men Amerikaning uşbu mamlakatlarning har biri bilan şerikligini har qaçongidan ham mustahkamroq qilişga qat’iy bel boğlaganman”,- deydi Tramp.
Birma-bir sözga çiqqan beş respublika prezidentlari u qadar uzoq nutq sözlamadi. Eng köp Qozoğiston prezidenti, 4 daqiqalar gapirdi. Töqayev, Trampni buyuk lider deb atab, sizning davringizda Amerika oltin asrini yaşayapti, dedi.
“Mening qat’iy işonçim komilki, janob prezident, Siz barçamiz baham köradigan va qadrlaydigan soğlom aql va an’analarni Amerika Qöşma Ştatlarining içki va taşqi siyosatiga qaytariş uçun Yaratgan tomonidan yuborilgan buyuk yetakçi, davlat arbobisiz”, dedi Töqayev.
Şavkat Mirziyoyev esa Trampni tinçlik prezidenti deb atadi. Şu örinda aytib ötiş kerak, köp medialar Özbekiston rahbari Trampni dunyo prezidenti, dedi deya xabar tarqatmoqda. Biroq aslida tarjima xato ketgan bölişi mumkin. Çunki, rus tilida çiqiş qilgan Mirziyoyev hamkasbini prezident mira, ya’ni – tinçlik prezidenti demoqçi böldi. Rossiya – Ukraina uruşini ham özingiz tugatişingiz kerak, deya qöşimça qildi Mirziyoyev.
















