Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy korxonalarning eng ko‘pi Toshkent shahrida joylashgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning yarmidan ko‘prog‘i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 11 201 ta;
- Toshkent viloyati – 2 253 ta;
- Samarqand viloyati – 658 ta;
- Farg‘ona viloyati – 607 ta;
- Surxondaryo viloyati – 486 ta;
- Buxoro viloyati – 364 ta;
- Andijon viloyati – 395 ta;
- Namangan viloyati – 256 ta;
- Navoiy viloyati – 300 ta;
- Sirdaryo viloyati – 266 ta;
- Jizzax viloyati – 243 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 210 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 161 ta;
- Xorazm viloyati – 195 ta.
Ko‘rinib turibdiki, chet el sarmoyadorlari uchun asosiy biznes markazi sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyati yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
15:53 / 26.12.2025
Statistika qo‘mitasi: savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanmoqda
13:51 / 25.12.2025
O‘zbekistonda xizmatlar bozori 14,6 foizga o‘sdi
10:39 / 25.12.2025
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:40 / 24.12.2025