Özbekistonda 2026 yil 1 yanvar holatiga 17 763 ta kutubxona faoliyat körsatmoqda. Ularda jami 89,2 mln nusxada kitob va jurnallar mavjud. Bu haqda Statistika qömitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagiça:
· Samarqand viloyati — 2 044 ta;
· Qaşqadaryo viloyati — 1 767 ta;
· Surxondaryo viloyati — 1 600 ta;
· Farğona viloyati — 1 575 ta;
· Namangan viloyati — 1 477 ta;
· Toşkent viloyati — 1 446 ta;
· Toşkent şahri — 1 217 ta;
· Xorazm viloyati — 1 100 ta;
· Qoraqalpoğiston Respublikasi — 1 058 ta;
· Andijon viloyati — 1 058 ta;
· Buxoro viloyati — 1 049 ta;
· Sirdaryo viloyati — 887 ta;
· Jizzax viloyati — 810 ta;
· Navoiy viloyati — 675 ta.
Respublikada kutubxonalar soni 2025 yil 1 yanvardagidan (14 999 ta) 2 764 taga köpaygan. Biroq, şunga qaramay 4 ta hudud – Farğona (-533 ta), Jizzax (-58 ta), Toşkent (-21 ta) va Andijon (-7 ta) viloyatlarida ular kamaygan.
Kutubxonalar köpayişi böyiça Toşkent şahri (+516 ta), Namangan (+586 ta), Surxondaryo (+441 ta), Xorazm (+412 ta) va Sirdaryo (+361 ta) viloyatlari yetakçilik qilgan.
Ma’lumot uçun, uşbu körsatkiçga respublika hududidagi barça kutubxonalar, ta’lim muassasalari, taşkilotlarga qaraşli axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.
Jahon şaharlari reytingi: aholi uçun eng köp kutubxona qayerda?












