Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston kuchlari Afg‘onistondagi aholi uyini bombalashi oqibatida 10 kishi vafot etdi
«Tolibon» so‘zchisi Zabihulloh Mujohid – tunda Xost viloyatidagi mahalliy fuqaro uyi Pokiston harbiylari tomonidan bombalanganini bildirdi. Natijada to‘qqiz nafar bola va bir ayol halok bo‘lgan. Pokiston tomoni holatga izoh bermadi. Bu hujum - Peshovardagi harbiylashgan tuzilmada sodir bo‘lgan teraktdan bir kun o‘tib amalga oshirildi.
Xost viloyati / Foto: Jahon banki ofisi
Afg‘onistonning Xost viloyatida Pokiston harbiylari mahalliy fuqaroning uyini bombalashi oqibatida kamida to‘qqiz nafar bola va bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda seshanba tongida «Tolibon» hukumatining so‘zchisi Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.
Mujohidning aytishicha, Pokiston Kunar va Paktika viloyatlarida ham reydlar o‘tkazib, to‘rt nafar tinch aholini jarohatlagan.
«Kecha, tungi soat 12:00 da Xost viloyatining Gerbzvo tumanida pokistonlik bosqinchi kuchlar mahalliy fuqaro Valiat Xonning uyini bombardimon qildi. Natijada 5 o‘g‘il va 4 qiz bolalar hamda bir ayol halok bo‘ldi. Uyning o‘zi vayron qilindi,» — deyiladi vafot etganlar suratlari ilova qilingan postda.

Pokiston armiyasi va tashqi ishlar vazirligi holatga izoh bermagan.
Bu reydlar – Pokistonning Peshovar shahridagi harbiylashgan tuzilma binosida o‘zini portlatish hujumlaridan bir kun o‘tib amalga oshirildi. Bu teraktda Pokiston uch nafar politsiyasi xodimlaridan ayrilgandi.
So‘nggi vaqtlarda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar soni oshib bormoqda. O‘tgan oyda ikki davlat harbiylari to‘qnashuvi o‘nlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgandi.
Tomonlar oktabr oyida Dohada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzolagan. Biroq unda Pokistonga dushman qurolli guruhlarning Afg‘oniston hududidagi faoliyati borasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Shu sabab Istanbulga ko‘chgan tinchlik muzokaralari uzoq muddatli bitimsiz yakunlandi.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025