Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiylar sonini 800 ming kishigacha qisqartirishga rozi bo‘ldi – OAV
AQSh ma’muriyati taqdim qilgan dastlabki tinchlik kelishuvi rejasida Ukraina Qurolli kuchlari sonini 600 ming kishigacha qisqartirish nazarda tutilgan edi.
Foto: Reuters
Rossiya-Ukraina urushini hal qilish bo‘yicha kelishuv doirasida Ukraina armiya harbiylari sonini 800 ming kishigacha qisqartirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Financial Times gazetasi Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga tayanib xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Ukraina vakillari hududlar va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha eng nozik masalalarni ham muhokama qilmoqchi, dedi nashr suhbatdoshlari.
Avvalroq, AQSh ma’muriyati Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha 28 banddan iborat tinchlik kelishuvi rejasini taqdim qilgan edi. Unda boshqa narsalar qatori Ukraina Qurolli kuchlari sonini 600 ming kishigacha qisqartirish nazarda tutilgan edi.
Ukraina bilan muzokaralardan so‘ng, rejadan 9 ta band olib tashlandi.
Axios nashrining qayd qilishicha, rejaning katta qismi allaqachon Ukraina bilan kelishilgan, ammo hududiy yon berishlar asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda - Zelenskiy aynan shu masalani Tramp bilan bevosita muhokama qilmoqchi.
Mavzuga oid
14:28
Ukraina Novoshaxtinsk NQZga Storm Shadow raketalari bilan zarba berdi
14:27
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
14:03