Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va AQSh tinchlik rejasining kamida 3 ta punktida ixtilof qilmoqda – CNN
AQSh va Kiyev pozitsiyalari hududlar, Ukraina Qurolli kuchlari soni va NATO a’zoligi masalalarida sezilarli darajada farq qiladi.
Foto: AFP/Getty Images
Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainaga tinchlik rejasi bo‘yicha takliflari va Kiyev rasmiylari nimaga tayyorligi o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjud. Bu haqda 26 noyabr kuni Amerikaning CNN telekanali muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan ukrainalik yuqori martabali suhbatdoshga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rejaning 28 ta bandining aksariyati bo‘yicha «konsensusga» erishilgan - shu bilan birga, tomonlarning fikrlari sezilarli darajada farq qiladigan kamida uchta masala mavjud.
Gap, xususan, Donbassdagi bir qator muhim hududlar Moskva nazorati ostiga o‘tishi haqida bormoqda. AQSh avvalroq Ukrainaga u yerda Rossiya nazorati ostidagi demilitarizatsiya zonasini yaratishga rozi bo‘lishni taklif qilgan edi. Ukrainalik manbaning ma’lum qilishicha, bu taklif bo‘yicha «ma’lum yutuqlarga erishilgan», biroq yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) sonini 600 ming kishi bilan cheklash bo‘yicha AQSh taklifi ham muhokama qilinmoqda. Kiyev hozircha bu g‘oyani «ma’qullashga tayyor emas».
Nihoyat, Ukraina NATO a’zosi bo‘lish istiqbolidan voz kechmoqchi emas. Bunday yon berish «yomon pretsedent» yaratgan va Rossiyaga alyansga yangi nomzodlarni qabul qilishga veto qo‘yish huquqini bergan bo‘lardi, deb ta’kidladi manba.
Telekanalning ta’kidlashicha, har uchala band ham Ukraina uchun «qizil chiziqlar», ammo Moskva uchun prinsipial hisoblanadi.
Tramp ma’muriyati buni qanday ko‘rsatishga urinmasin, gap umuman «kelishmovchiliklarning qolgan bir nechta oddiy bandlari» yoki «hal qilinishi kerak bo‘lgan mayda tafsilotlar» haqida ketmayapti, deya ta’kidlaydi CNN.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak DW bilan suhbatda muzokaralar chog‘ida AQSh prezidentining tinchlik rejasi qisman o‘zgartirilgani, «ayrim nozik masalalar alohida muhokamaga qo‘yilganini» tasdiqlagan edi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning Axios nashriga ma’lum qilishicha, Zelenskiy shu haftadayoq Tramp bilan shaxsan uchrashib, urushni to‘xtatish bo‘yicha qo‘shma rejani kelishib olishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40