Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qrim va Donbassni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmoqchi – OAV
Bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olish Oq uy strategiyasining bir qismi bo‘lib qolishi ta’kidlanmoqda.
Foto: Andrew Caballero-Reynolds
Tramp ma’muriyati Kremlni urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolashga ko‘ndirish uchun Qrim va Ukrainaning boshqa bosib olingan hududlarini Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishga tayyor. Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni aynan shunday taklif bilan Moskvaga jo‘natmoqda, deb yozdi The Telegraph.
«Amerikaliklarga Yevropaning pozitsiyasi befarq ekani tobora aniq bo‘lib bormoqda. Ularning aytishicha, yevropaliklar xohlagan ishini qilishi mumkin», dedi nashrga anonimlikni saqlab qolishni istagan xabardor suhbatdosh.
Nashrning qayd etishicha, bir kun avval Vladimir Putin ham ommaviy bayonotida Vashington Qrim, Donetsk va Lugansk viloyatlarini Rossiya hududi sifatida qonuniy tan olishi tinchlik muzokaralaridagi asosiy masalalardan biri bo‘lishini aytgan.
Shuningdek, nashr eslatishicha, Uitkoff Rossiya rasmiylari bilan muhokamalardan so‘ng tuzgan 28 banddan iborat tinchlik rejasining dastlabki versiyasida Amerika Qrim va Donbassning ikki mintaqasi ustidan Rossiya suverenitetini «amalda» tan olishi haqidagi band bor edi. Garchi Jyenevada Ukraina va AQSh rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralarda bu hujjatga tuzatish kiritilgan bo‘lsa-da, bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olish Oq uy strategiyasining bir qismi bo‘lib qolishi taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, Kiyevni Rossiyaning bosib olingan hududlar ustidan nazoratini tan olishga majbur qilishmaydi.
O‘tgan hafta tarmoqda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan Putinning elchisi Kirill Dmitriyev bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 28 banddan iborat tinchlik rejasi paydo bo‘ldi. Uning 21-bandida shunday qoida bor edi: «Bosib olingan Qrim, Lugansk va Donetsk viloyatlari davlatlar tomonidan, shu jumladan AQSh tomonidan Rossiyaniki tan olinadi».
Kecha Yevropa parlamenti rezolyutsiya qabul qildi, unda Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaning bosib olingan hududlarini hech qachon Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmasligi haqida ogohlantirdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, Trampning «tinchlik rejasi» tinchlikning yaqinlashishiga faqat xalaqit berayotgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
16:02 / 25.12.2025