Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga Tomahawk raketalari o‘rniga bojlardan ozod etishni taklif qildi
10 yilga bojdan ozod qilish mumkin bo‘lsa, bir dasta raketaning nima keragi bor?, dedi AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff ukrainaliklarga.
Foto: VINCENT YU/AFP/Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifidan bir kun oldin, u yerda Donald Trampdan Tomahawk raketalarini so‘raganida, Tramp Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgan, shundan so‘ng Zelenskiyga rad javobini bergan.
Tramp va Putin suhbatidan so‘ng, AQSh maxsus vakili Stiven Uitkoff boshqa taklif bilan chiqdi.
«10 yilga bojdan ozod qilish mumkin bo‘lsa, bir dasta raketaning nima keragi bor? Bu iqtisodiy turtki beradi», deb ishontirgan Uitkoff Ukraina rasmiylarini. Bu haqda The Wall Street Journal yozdi.
WSJ nashriga izoh berar ekan, Uitkoff suhbat mazmunini tasdiqlamadi yoki inkor etmadi. U faqat o‘zining vazifasi bitimlar tuzish ekanini ta’kidladi. «Biz imkoniyatlarni izlashda va g‘oyalarni ilgari surishda davom etamiz», dedi u.
Tomahawk - Amerikaning uzoq masofali qanotli raketasi bo‘lib, quruqlikdagi va dengizdagi nishonlarni yuqori aniqlikda yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Jangovar sharoitda u yuzlab - minglab kilometrlarga zarba bera oladi, bu esa uni asosiy uzoq masofali zarba vositalaridan biriga aylantiradi.
Ukraina Rossiya hududidagi muhim obektlarga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun AQShdan Tomahawk raketalarini berishni bir necha bor so‘ragan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi bilan muzokaralardan so‘ng, hozirgi bosqichda Tomahawk raketalarini Ukrainaga berish niyatida emasligini aytdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday raketalar urush maydonida jiddiy eskalatsiyaga olib kelishi mumkin.
Shunga qaramay, yetkazib berish imkoniyati haqidagi munozaralar va bayonotlar davom etmoqda - rasmiy qaror hali ham «muallaq holatda».
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
13:16 / 13.12.2025