O‘zbekiston | 08:34 / 01.12.2025
3368
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 100 dan ortiq ifloslantiruvchi obekt faoliyati to‘xtatildi

2025 yil 24–28 noyabr kunlari Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini aniqlash va cheklash maqsadida o‘tkazilgan keng qamrovli reydlar natijasida 100 dan ortiq ifloslantiruvchi obekt faoliyati to‘xtatildi, yuzlab shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Foto: Kun.uz

Maxsus komissiya ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunida quyidagicha natijalar qayd etildi:

🔵 Issiqxonalar bo‘yicha

jami 1449 ta issiqxona tekshirildi;
atmosfera havosini ifloslantirish hamda qoidalarga rioya etmaslik holatlari uchun 67 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi;
403 nafar shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi;
qonun doirasida faoliyat yuritishlari uchun 19 ta xo‘jalikka gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berildi.

🔵 Qurilish obektlari bo‘yicha

53 ta noqonuniy qurilish aniqlandi;
talablarga javob bermagan 34 ta obektning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi;
qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 188 nafar shaxs javobgarlikka tortilishi belgilandi;
changlanishni kamaytirish maqsadida 51 ta obektga suv purkagich o‘rnatildi.

🔵 Avtotransport vositalari bo‘yicha

havoni me’yordan ortiq ifloslantirgan 206 haydovchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi;
yukni yopmasdan harakatlangan 837 ta transport vositasiga jarima choralari qo‘llandi.

Bundan tashqari, shaharning mikroiqlimini yaxshilash va havodagi chang konsentratsiyasini kamaytirish maqsadida:

77 ta ko‘cha va 165 ta jamoat joylari namlantirildi;
121 km ariqlar tozalandi;
126 ta favvora ishga tushirildi.

Mutasaddilarga ko‘ra, bunday reydlar va profilaktik tadbirlar atmosfera havosi sifatini yaxshilash hamda ekologiya talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida davomli ravishda o‘tkazib boriladi.

Mavzuga oid